Bilimni baholash agentligi

Bilimni baholash agentligi

@baholashuz

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi📞 1195📧 info@uzbmb.uz🌐 www.uzbmb.uz📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.Biz ijtimoiy tarmoqlarda:• facebook.com/dtmuzb• instagram.com/dtmuzb• youtube.com/@BaholashUz

158 662подписчиков
🇬🇧

Похожие каналы

Все →

Последние посты

Bilimni baholash agentligi — пост в ТГ канале

#Yoshlar_kuniYoshlarimiz hamisha diqqat-e'tiborimizda🇺🇿 Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqotlar va targ‘ibot tadbirlari muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.😎 2026-yil “30-iyun - Yoshlar kuni”da Bilim va malakalarni baholash agentligining Samarqand viloyati bo‘limi vakillari tomonidan yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida “Oyning eng yosh faol kitobxoni” tanloviga bag‘ishlangan uchrashuv hamda 2026-yil 2-iyun kuni Bilim va malakalarni baholash agentligining Surxondaryo viloyati bo'limi ishtirokida yoshlar va ota-onalar bilan samimiy tadbir tashkil etildi.🏆 Samarqand viloyatida o‘tkazilgan “Oyning eng yosh faol kitobxoni” tanlovi davomida esa ishtirokchilar o‘zlarining kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi, bilim va dunyoqarashi, asarlar mazmunini tahlil qilish hamda fikrlarini erkin ifoda etish qobiliyatlari orqali bellashdilar. Tanlov yakunlariga ko‘ra, Temirov Muhammadjon Ilhom o‘g‘li tanlov g‘olibi deb topildi hamda munosib ravishda taqdirlandi.🧑‍💻 Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan bayramona uchrashuvda esa mamlakatimizning jasoratli, ilmli kelajak timsoli bo‘layotgan o'quvchi yoshlar va ularning ota-onalari uchun Prokuratura, Mudofaa vazirligi va Surxondaryo viloyat bo'limi xodimlari yoshlarga istiqboldagi rejalar, ta'lim olish, huquqiy savodxonlikni oshirish va o'z salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida ma'lumot berishdi. Ota-onalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.📕 Mazkur tadbirlar yoshlar orasida faxr va g‘urur tuyg‘usini tuyish muhitini rivojlantirish, bilimga intiluvchan va faol yoshlarni qo‘llab-quvv

2 июл. 2026 г.10 900В Telegram
Bilimni baholash agentligi — пост в ТГ канале

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidzening taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Tbilisi shahriga joʻnab ketdi.—Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Премьер-министра Грузии Ираклия Кобахидзе вылетел в город Тбилиси с государственным визитом.#Mirziyoyev #tashrif #GruziyaPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|XOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidzening taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Tbilisi shahriga joʻnab ketdi.—Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Премьер-министра Грузии Ираклия Кобахидзе вылетел в город Тбилиси с государственным визитом.#Mirziyoyev #tashrif #GruziyaPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

2 июл. 2026 г.14 300В Telegram
Bilimni baholash agentligi — пост в ТГ канале

#Davlat_ramzlari2-iyul – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun🇺🇿 Bugun mamlakatimiz tarixidagi muhim sanalardan biri – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun. 🗓 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan Davlat gerbi xalqimizning ezgu orzu-intilishlari, milliy qadriyatlari, tinchlik, farovonlik va taraqqiyotga bo‘lgan ishonchini o‘zida mujassam etgan muqaddas davlat ramzidir.✍️ Gerbdagi quyosh nurlari va tog‘lar yurtimizning yorug‘ kelajagi hamda go‘zal tabiatini, bug‘doy boshoqlari mo‘l-ko‘llikni, paxta shoxlari xalqimizning bunyodkorligini, Humo qushi esa baxt, erkinlik va saodat timsolini ifodalaydi.👧 Davlat ramzlariga hurmat – Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va yuksak fuqarolik mas’uliyatining yorqin ifodasidir. 🌍 Davlat gerbimiz doimo yurtimiz tinchligi, xalqimiz birligi va Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining ramzi boʻlib porlayversin!✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

2 июл. 2026 г.14 600В Telegram

⚡️ 2026-yilning III choragida xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazish muddatlari ‼️  Oliy va professional ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarini o‘tkazsish bilan bog'liq tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyati yopiq ish rejimiga o'tkazilishi sababli iyul oyida xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlari tashkil etilmaydi.✅ Test sinovlari 2026-yilning avgust-sentabr oylarida quyidagi muddatlarda tashkil etiladi:✅ AVGUST:📆 2026-yil 13-avgust📆 2026-yil 27-avgust✅ SENTABR:📆 2026-yil 10-sentabr📆 2026-yil 24-sentabr❗️ DIQQAT: test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar ro‘yxati, test sinovi o‘tkaziladigan hududlar va test sinovlarini boshlanish vaqti haqidagi maʼlumotlar qo‘shimcha ravishda test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan muddatdan kamida 3 kun oldin eʼlon qilinadi.⚠️ Izoh: test sinovlarini o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, bu haqda qo‘shimcha maʼlumot beriladi.

2 июл. 2026 г.22 000В Telegram
Bilimni baholash agentligi — пост в ТГ канале

#Oʻzbekiston2030_strategiyasiYosh olimlar-Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining tayanchi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining 11-maqsadi yosh tadqiqotchilar ulushini oshirish hamda ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.Mazkur maqsad mamlakatimizda ilm-fan sohasiga iste'dodli yoshlarni keng jalb etish, ularning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.2030-yilgacha erishilishi rejalashtirilgan asosiy ko‘rsatkichlar:• Ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar soni — 12 ming nafarga yetkaziladi. • Umumiy tadqiqotchilar tarkibida 39 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar ulushi 61 foizga oshiriladi. Natijada, har 10 nafar tadqiqotchidan 6 nafari yosh olimlardan iborat bo‘ladi. Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram#Oʻzbekiston2030_strategiyasiYosh olimlar-Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining tayanchi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining 11-maqsadi yosh tadqiqotchilar ulushini oshirish hamda ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.Mazkur maqsad mamlakatimizda ilm-fan sohasiga iste'dodli yoshlarni keng jalb etish, ularning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.2030-yilgacha erishilishi rejalashtirilgan asosiy ko‘rsatkichlar:• Ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar soni — 12 ming nafarga yetkaziladi. • Umumiy tadqiqotchilar tarkibida 39 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar ulushi 61 foizga oshiriladi. Natijada, har 10 nafar tadqiqotchidan 6 nafari yosh olimlardan iborat bo‘ladi. Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram

1 июл. 2026 г.26 900В Telegram
Bilimni baholash agentligi — пост в ТГ канале

#Qonunchilikdagi_yangiliklarDavlat organlarida arxiv hujjatlarini arxiv axborot tizimida saqlash tartibi belgilandiVazirlar Mahkamasinig 2026-yil 30-iyundagi 352-son, qaroriga muvofiq “Davlat organlari va tashkilotlarining arxiv hujjatlarini Yagona milliy arxiv axborot tizimida elektron shaklda saqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.   Nizom respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari, shuningdek, boshqa davlat tashkilotlarining arxiv ishiga oid hujjatlarini elektron shaklda shakllantirish va yuritish hamda Yagona milliy arxiv axborot tizimidan foydalanish tartibini belgilaydi.   Nizomga ko‘ra:Arxiv axborot tizimidan davlat organlari va tashkilotlari hamda operator o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan foydalaniladi.Davlat organlari va tashkilotlari Arxiv axborot tizimiga ulanish uchun arizani Arxiv axborot tizimida so‘rov yuborishga mo‘ljallangan maxsus oyna orqali operatorga yuboradi.Operator ariza kelib tushgan kundan boshlab 2 ish kunida uni ko‘rib chiqadi.Ariza mazkur Nizom talablariga muvofiq bo‘lgan taqdirda, operator davlat organlari va tashkilotlarini Arxiv axborot tizimiga ulash yuzasidan shartnomani ularga elektron shaklda yuboradi.Davlat organlari va tashkilotlari shartnomani imzolab, unda ko‘rsatilgan to‘lovlarni to‘lagandan so‘ng operator foydalanuvchini 2 ish kuni ichida Arxiv axborot tizimiga ulash choralarini ko‘radi.✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

1 июл. 2026 г.25 800В Telegram
Bilimni baholash agentligi — пост в ТГ канале

#Qonunchilikdagi_yangiliklarYurisprudensiya yo‘nalishlariga IQ test topshirish tartibi belgilandiVazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-son qarori bilan, Hukumatning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga IQ test o‘tkazish tartibini belgilovchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bunda, IQ test yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Toshkent davlat yuridik universitetining “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda o‘tkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonlarida huquq sohasida test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bilan birga IQ testdan o‘tishni tanlagan abituriyentlar uchun IQ test sinovlari TDYUU tomonidan IQ test oluvchi hamkor xorijiy tashkilot bilan o‘zaro shartnoma asosida har yili 10 iyulga qadar o‘tkazilishi belgilangan. IQ test sinovlarini o‘tkazish va natijalarni baholash xorijiy tashkilot talablariga asosan amalga oshiriladi. Faqatgina, IQ test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarga OTT va bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash jarayonida boshqa mos yo‘nalishlar bilan birga TDYuUning “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati yaratiladi. 🗒 Ma’lumot uchun, mazkur ta’lim yo‘nalishlariga tanlovda chet tillari bo‘yicha kamida B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab qilinadi.✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

1 июл. 2026 г.29 400В Telegram
Bilimni baholash agentligi — пост в ТГ канале

Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqidan eng muhim iqtiboslarPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|XPrezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqidan eng muhim iqtiboslarPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

30 июн. 2026 г.28 900В Telegram