
Siz shunchaki sharhlarni o‘qib, biror kompaniyani tanlaganmisiz?Restoran. Klinika. Servis. Avtoservis. Onlayn-do‘kon. Bugungi kunda bu odatiy holga aylandi.Har hafta Sharh’ga 1000 ga yaqin foydalanuvchi: sharhlarni o‘qish, kompaniyalarni solishtirish, qaror qabul qilish uchun tashrif buyurishadi.Eng qizig‘i — ko‘pchilik sharh qoldirmaydi, lekin tanlov oldidan ularni doim o‘qiydi.Natijada bir paradoks yuzaga keladi: siz o‘z tajribangiz bilan yuzlab odamlarga yordam berishingiz mumkin, biroq ko‘pincha sahifani shunchaki yopib qo‘yasiz.Biz Sharh’ni aynan shu maqsadda rivojlantirmoqdamiz —haqiqiy foydalanuvchilarning fikrlari boshqalarga yanada oqilona qaror qabul qilishga yordam bersin.Shu bois, oddiy bir savol: siz ko‘proq sharh o‘qiysizmi yoki yozasizmi?@commeta_sharh












