EDU.DIGITAL.UZ

EDU.DIGITAL.UZ

@digitaledu_uz

Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi.Muhokama guruhi: @digitaleduchatElektron pochta: education@digital.uzManzil: 100164, Toshkent shahar, I.Muminov ko‘chasi, 4-uy. Tel: (71) 203-03-43

5 076подписчиков
🇬🇧

Похожие каналы

Все →

Последние посты

EDU.DIGITAL.UZ — пост в ТГ канале

Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi va “Korea IT Academy” oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi📖Joriy yilning 29-iyun kuni Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda “Korea IT Academy” vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda “Uzbekistan Summer Camp 2026” xalqaro yozgi oromgohi doirasida ikki mamlakat yoshlari uchun zamonaviy raqamli taʼlimni rivojlantirish, hamkorlik loyihalarini kengaytirish hamda oʻzaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.✅Tomonlar raqamli texnologiyalar sohasida ilgʻor oʻquv dasturlarini joriy etish, qoʻshma seminar va treninglar tashkil etish, shuningdek, yoshlarning global axborot texnologiyalari bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar.✅Uchrashuv yakunida Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda “Korea IT Academy” oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan anglashuv memorandumi imzolandi.🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

2 июл. 2026 г.517В Telegram
EDU.DIGITAL.UZ — пост в ТГ канале

🇺🇿 2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kunBugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 34 yil to‘ldi.1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun bilan Davlat gerbi mamlakatimizning rasmiy davlat ramzlaridan biri sifatida tasdiqlangan.Davlat gerbi xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, milliy qadriyatlari, tinchlik va farovonlikka intilishi, bunyodkorlik ruhi hamda mustaqil O‘zbekistonning buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan muqaddas timsoldir.Gerb tasvirida quyosh nurlari yog‘dusi ostidagi serhosil vodiy, tog‘lar va daryolar, bug‘doy boshoqlari hamda g‘o‘za shoxlari, baxt va erksevarlik ramzi bo‘lgan Humo qushi, shuningdek, sakkiz qirrali yulduz, yarim oy va yulduz tasvirlari aks etgan. Ushbu ramzlar yurtimizning tinchligi, farovonligi, birlik va taraqqiyot sari intilishini ifodalaydi.Davlat gerbiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish har bir fuqaroning burchidir. Uni asrab-avaylash va e'zozlash Vatanga, uning tarixi hamda milliy qadriyatlariga bo‘lgan hurmatning muhim ifodasidir.2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun muborak bo‘lsin!🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

2 июл. 2026 г.476В Telegram
EDU.DIGITAL.UZ — пост в ТГ канале

✈️ Harbiy xizmatchilar “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida o‘qitilmoqdaRaqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari R. Karimjonov hamda Mudofaa vaziri o‘rinbosari, polkovnik B. O‘rmonov Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa institutiga tashrif buyurdi.💬Tashrif davomida institutning zamonaviy infratuzilmasi, harbiy texnikalarning o‘quv simulyatsion trenajyorlari, maxsus laboratoriyalar hamda Yoshlar radiosi xonasi bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, harbiy xizmatchilarning kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt va robototexnika yo'nalishlarida erishgan yutuqlari namoyish etildi.🔗Dastur doirasida institutning shaxsiy tarkibi bilan o'tkazilgan davra suhbatida AKT sohasida malakali kadrlar tayyorlash va ta’lim jarayoniga ilg'or raqamli yechimlarni keng joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.▫️Shuningdek, hududdagi harbiy qismga tashrif buyurilib, "Besh million sun'iy intellekt yetakchilari" dasturi doirasida muddatli harbiy xizmatchilarni o‘qitish jarayonlari va ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.😎 Yakunda tomonlar ta'lim va innovatsiyalar yo'nalishida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amaliyotga tatbiq etish, 5 ming nafar muddatli harbiy xizmatchilarni o‘qitishni jadallashtirish bo‘yicha amaliy kelishuvlarga erishdilar.Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

30 июн. 2026 г.537В Telegram
EDU.DIGITAL.UZ — пост в ТГ канале

Ikki yil avval Xorazmda “Al-Xorazmiy vorislari” loyihasi boshlanib, 4 mingdan ortiq iqtidorli o‘quvchilarni xorijiy til va axborot texnologiyalariga o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan edi. Mazkur loyihani joriy yildan viloyat markazlari va Qoraqalpog‘istonning barcha tumanida, keyingi yillardan barcha tuman va shaharlarda ishga tushirib, 50 ming yoshni qamrab olish topshirildi. “Biz yoshlarimiz qalbida milliy ruhni shakllantirish, Vatanga muhabbat, el-yurtga hurmat hissini singdirish to‘g‘risida ko‘p gapiryapmiz. Bu juda dolzarb masala. Ochiq aytishimiz kerak, bugun yoshlarimiz asosiy vaqtini raqamli makonda o‘tkazyapti”, – dedi Prezidentimiz. Birgina misol, o‘tgan yili 84 million dollarlik kompyuter va mobil o‘yinlar eksport qilindi. Mutasaddilarga barcha 15 ta AT park hududida kompyuter va mobil o‘yinlar yaratuvchilari uchun inkubatsion markaz ochib, milliy ruhdagi o‘yinlarni ko‘paytirish bo‘yicha yangi tizimni yo‘lga qo‘yish topshirildi. Shu bilan birga, har yili milliy ruhdagi kamida 20 ta kompyuter va mobil o‘yin yaratish bo‘yicha davlat buyurtmasi berib boriladi.🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

30 июн. 2026 г.1 600В Telegram
EDU.DIGITAL.UZ — пост в ТГ канале

Endilikda AT va sun’iy intellekt sohalari uchun kadr tayyorlaydigan oliygohlarning 3-kurs talabalari AT parkda “dual ta’lim” asosida o‘qishni davom ettiradi. Mazkur yo‘nalishlardagi iqtidorli talabalar uchun “Muhammad al-Xorazmiy” nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi. Iqtidorli qizlar uchun muhandislik, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha “Muhandis qizlar” stipendiyasi ta’sis etiladi. Yangi o‘quv yilidan to‘lanadigan ushbu stipendiyalar xususiy oliygoh talabalariga ham beriladi. Bugungi kunda kimyo, biologiya, fizika, matematika va informatika fanlari bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari 1 milliard so‘m, ustozlari 200 million so‘m mukofot olmoqda. Endi bu rag‘bat sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro olimpiada g‘oliblariga ham tatbiq etiladi.🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

30 июн. 2026 г.555В Telegram
EDU.DIGITAL.UZ — пост в ТГ канале

“Raqamli hukumat” markazida birinchi superkompyuter klasteri ishga tushirildi. Keyingi yil klaster quvvati 3 karra oshiriladi. Joriy yilda 20 ta oliygohda sun’iy intellekt laboratoriyasi tashkil etiladi. Yoshlar tarmoq va hududdagi masalalarga sun’iy intellekt orqali yechim topishda ushbu superkompyuter va laboratoriyadan bepul foydalanadi. So‘nggi yillarda Toshkent, Nukus, Qarshi, Termiz, Urganch, Farg‘ona shaharlarida zamonaviy AT parklar ishga tushirildi. O‘tgan hafta Yangi Namanganda yana bir yirik loyihaga start berildi. Andijon, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Guliston, Chirchiq, Nurafshon, Navoiy shaharlarida ham umumiy maydoni 100 ming kvadrat metr bo‘lgan yirik AT parklar barpo etish boshlanyapti. Bular hisobiga 20 mingdan ziyod o‘g‘il-qizlar uchun yuqori daromadli ish o‘rni yaratiladi. Shuningdek, “Mening birinchi kompyuterim” dasturi boshlanadi. Ehtiyojmand oiladagi 10 ming yoshga noutbuk olish xarajatining yarmi Raqamli texnologiyalar jamg‘armasidan qoplab beriladi, qolgan qismiga esa uch yilda bo‘lib to‘lash sharti bilan foizsiz ssuda ajratiladi.🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

30 июн. 2026 г.397В Telegram
EDU.DIGITAL.UZ — пост в ТГ канале

“Biz 2030-yilgacha iqtisodiyot hajmini 240 milliard dollardan oshirishni reja qilganmiz. Bunga erishish uchun barcha sohalarga yangi g‘oya olib kiradigan innovatsion startaplar kerak”,– dedi davlatimiz rahbari. So‘nggi to‘qqiz yilda mahalliy startap ekotizimi 15 barobar o‘sib, 4 milliard dollardan oshdi. Venchur jamg‘armalar soni 23 taga, ularning umumiy kapitali 200 million dollarga yetdi. O‘tgan davrda 1 ming 200 dan ziyod istiqbolli startap loyihalar paydo bo‘ldi. Ayni yo‘nalishda 3 mingdan ziyod yoshlar yuqori daromad topyapti. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar xalqaro tashkilotlar tomonidan ham e’tirof etilmoqda. “Global startap indeksi”da O‘zbekiston 31 pog‘ona ko‘tarilib, dunyoda eng tez rivojlanayotgan startap ekotizimi, “2026-yil mamlakati” deb e’lon qilingani ham buning yaqqol isbotidir. Hali bu sohada juda katta imkoniyatlar borligi ta’kidlandi. Endi har bir vazir, tarmoq rahbari va hokimlar “1 mingta masalaga – yoshlardan 1 mingta yechim” loyihasini ishga tushiradi. Bunda har bir rahbar o‘z tizimidagi dolzarb muammolarni ochiq platformada joylashtirib, eng yaxshi yechimlar uchun mukofot e’lon qiladi. Buning uchun har bir vazir va hokim kamida 10 milliard so‘mlik venchur jamg‘arma tashkil etadi. Ushbu mablag‘lar g‘oliblarni mukofotlash va 20 tadan eng yaxshi startapni g‘oyadan amaliyotgacha barcha bosqichlarni moliyalashtirishga sarflanadi.🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

30 июн. 2026 г.363В Telegram
EDU.DIGITAL.UZ — пост в ТГ канале

Yoshlar uchun kasb va til o‘rganish, ishga joylashish, tadbirkorlik bo‘yicha o‘nlab xizmatlar mavjud. Bu xizmatlardan “yagona darcha” tamoyili asosida foydalanish uchun Yoshlar xablari tashkil etiladi. Ushbu tajriba Surxondaryodan boshlanib, bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham ommalashtiriladi. Hozirda 87 ming davlat xizmatchisidan 16,5 ming nafarini 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil qiladi. Shundan 902 nafari rahbarlik lavozimida ishlamoqda. “Salohiyatli yoshlarimiz juda ko‘p. Vazir va hokimlar yoshlarga ishonch bildirib, mas’uliyatli lavozimga qo‘yishdan cho‘chimasligi kerak”, – dedi Prezidentimiz. Shu maqsadda yosh liderlarni aniqlash bo‘yicha 5 ta yo‘nalishda “TOP-100” dasturi amalga oshiriladi. Dastur doirasida “yangi iqtisodiyot”, AT va sun’iy intellekt, ta’lim, tibbiyot va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yurtimizdagi yoshlar hamda chet eldagi vatandoshlarimiz uchun ochiq tanlov e’lon qilinadi. Har ikki yilda bir marta o‘tadigan mazkur tanlovning 100 nafar g‘olibi 50 million so‘mdan mukofotlanadi va rahbarlik lavozimiga tayinlanadi. Har bir vazirlik va tarmoq o‘z yo‘nalishida “TOP-100” iqtidorli yoshlar” dasturini boshlaydi va o‘z yo‘nalishidagi xalqaro tashkilotlarga stajirovkaga yuboradi. Mutasaddilarga yiliga 2 ming nafar yoshni xalqaro tashkilotlarga stajirovkaga yuborish bo‘yicha rejani tasdiqlash va ijrosini ta’minlash topshirildi.🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

30 июн. 2026 г.414В Telegram