
Ilm-fan va innovatsiyalarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish — ustuvor vazifaBugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Ilxom Siradjev hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutiga tashrif buyurdi.Tashrif davomida mutasaddilar institutda amalga oshirilayotgan innovatsion va ilmiy-tadqiqot ishlari, zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish borasidagi izlanishlar bilan tanishdi.Xususan, plazma texnologiyalarining qishloq xo‘jaligi, suvni tozalash va onkologiya yo‘nalishlarida qo‘llanilishi, qishloq xo‘jaligi uchun bioo‘g‘itlar ishlab chiqish, nanokompozit materiallar sintezi, ikki o‘lchamli (2D) materiallar va ularning istiqbolli qo‘llanilish imkoniyatlari, shuningdek, vodorod energetikasi hamda vodorod texnologiyalari sohasida olib borilayotgan ilmiy ishlar taqdimot qilindi.Mutasaddilar va institut jamoasi o‘rtasida kechgan muloqotida ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, ularning ishlab chiqarish tarmoqlariga keng joriy etilish, ilm-fan natijalarini iqtisodiyotning real sektoriga integratsiyasini jadallashtirish hamda ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/187018👉На руcском👉In EnglishBizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | TelegramIlm-fan va innovatsiyalarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish — ustuvor vazifaBugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Ilxom Siradjev hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutiga tashrif buyurdi.Tashrif davomida mutasaddilar institutda amalga oshirilayotgan innovatsion va ilmiy-tadqiqot ishlari, zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish borasidagi izlanishlar bilan t
