
Kecha Anthropic kompaniyasi bir nechta yangiliklarni, jumladan, Sonnet 5 taqdimoti va Fable 5 modelining ommaga qaytishini e'lon qildi. Lekin bularning ichida mening e'tiborimni eng ko'p tortgani yangi Science dasturi bo'ldi. Kechadan beri bu dasturni o'rnatib, sinovdan o'tkazdim va uzoq yillik ilmiy izlanishlar olib borgan, ko'plab maqolalar chop etgan inson sifatida, to'g'risi, ko'zimga yosh keldi. "Qaniydi bu dastur bundan 10 yil oldin bo'lganida, balki yana ham ko'proq kashfiyotlar, ilmiy ixtirolar qilgan bo'larmidim", deb o'ylab qoldim. Dastur shunchaki ajoyib!Bu dasturni yuklab olib, birinchi marta yoqqaningizda, u birdaniga onlayndagi o'nlab turli xil ilmiy ma'lumotlar omborlariga va ishonchli resurslarga bog'lanadi. Shuningdek, Anthropic kompaniyasi aynan ilmiy izlanishlar uchun taklif qilgan juda ko'plab maxsus ko'nikmalarni (skills) faollashtiradi. Natijada siz shu paytgacha tayyorlab qo'ygan natijalaringiz yoki boshlab qo'ygan ilmiy izlanishlaringizni shu yerning o'zida davom etishingiz mumkin. Dastur birlamchi tahlillar va adabiyotlar sharhini (literature review) mukammal bajaradi; ya'ni sizning mavzungizga oid barcha maqolalarni o'zi topib kelib, tahlil qilib beradi. Ilmiy izlanish qilishda eng qiyin jarayon ma'lumot to'plash hisoblanadi, dastur esa sizga kerakli ma'lumotlargacha o'zi topib, ularni chiroyli grafiklar, jadvallar va formulalar ko'rinishida taqdim etadi. Men ham qiziqib ketib, darrov o'zimning besh yil avval Malayziyada qilgan ilmiy izlanishimni yukladim va u bo'yicha savol-javob qildim. Keyin shu besh yil ichida sohada qanday o'zgarishlar bo'lganini ko'rsatishni so'raganimda, barchasini chiroyli grafiklar bilan ko'rsatib, tahlil qilib berdi.Xullas, agar siz talaba, magistr, doktorant, aspirant, olim yoki professor bo'lsangiz hamda qandaydir ilmiy tadqiqot ustida ishlayotgan bo'lsangiz, bu dastur sizning asosiy sun'iy intellekt vositangizga aylanishi kerak. Uning ichida tayyor benchmarklar va maxsus ko'nikmalar mavjud. Ilgari eng qiyin vaz




