
2026-yil 26-may kuni Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 102-sonli maktab-internatida yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda 2-sonli maxsus texnikum vakillari qatnashib, o‘quvchilarga texnikum faoliyati hamda mavjud yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.Uchrashuv davomida texnikumda faoliyat yuritayotgan oshpazlik, sartaroshlik, duradgorlik va kashtachilik yo‘nalishlari bo‘yicha 2 yillik ta’lim tizimi, amaliy mashg‘ulotlar hamda kasb o‘rganish imkoniyatlari haqida tushuntirish berildi. Shuningdek, o‘quvchilarga ushbu kasblarning bugungi kundagi dolzarbligi, kelajakda ish bilan ta’minlanish imkoniyatlari va hunar egallashning ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdilar.▶️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: | telegram | facebook | instagram2026-yil 26-may kuni Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 102-sonli maktab-internatida yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda 2-sonli maxsus texnikum vakillari qatnashib, o‘quvchilarga texnikum faoliyati hamda mavjud yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.Uchrashuv davomida texnikumda faoliyat yuritayotgan oshpazlik, sartaroshlik, duradgorlik va kashtachilik yo‘nalishlari bo‘yicha 2 yillik ta’lim tizimi, amaliy mashg‘ulotlar hamda kasb o‘rganish imkoniyatlari haqida tushuntirish berildi. Shuningdek, o‘quvchilarga ushbu kasblarning bugungi kundagi dolzarbligi, kelajakda ish bilan ta’minlanish imkoniyatlari va hunar egallashning ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdilar.▶️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: | telegram | facebook | instagram

