Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal

Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal

@jizzakhedu

Jizzax viloyat MMTBning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari -Web-sayt: jizzakh.uzedu.uz-Telegram: https://t.me/Jizzakhedu-Instagram: instagram.com/xtbjizzax/-Facebook: https://www.facebook.com/share/g/16FcTdmMoi/ -Admin: @sarvinoz_narziyeva

4 581подписчиков
🇬🇧

Похожие каналы

Все →

Последние посты

Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal — пост в ТГ канале

🎓 Yoshlar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlari kengaymoqda.📌 Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan davlat xalqaro universiteti — Farmatsevtika Texnik Universitetida quyidagi yo'nalishlar mavjud:➡️Xalqaro farmatsiya➡️Biokimyo➡️Biotibbiyot➡️Sanoat farmatsiyasi va kosmetika🔹Biznes menejment 🔹Biznes data analitika🇬🇧 Darslar to‘liq ingliz tilida olib boriladi.2027–2028-o‘quv yilidan boshlab Myunxen Texnika Universiteti (TUM) bilan hamkorlikda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari ochiladi:➡️Biotibbiyot muhandisligi➡️Bioinformatika📌 PTU talabalari 1-kursdan almashinuv dasturlari, amaliyotga yo‘naltirilgan ta'lim va xalqaro tajriba orttirish imkoniyatiga ega. 🎓Bitiruvchilar Buyuk Britaniyaning De Montfort University va University of Sunderland oliygohlari diplomiga ega bo‘lishadi.📌ImkoniyatIELTS 5.0 yoki CEFR 48 sertifikati bor abituriyentlar kirish imtihonidan ozod etiladi.Yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va xalqaro standartlar asosida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash yo‘lidagi bunday imkoniyatlar mamlakatimiz ta'lim tizimi rivojiga xizmat qiladi.Batafsil:📞+998 55-900-05-00🌐 ptu.uz💬 t.me/ptuuz💬@ptuuz_bot

2 июл. 2026 г.223В Telegram
Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal — пост в ТГ канале

Hurmatli Jizzax viloyati aholisi!Xabaringiz bor, kadastr ma’lumotlar bazasini yagona tizim - UZKAD axborot dasturida birlashtirib, aholi va davlat idoralariga xizmat qiluvchi yagona tizim yaratilmoqda.➡️Tizimlarni birlashtirish jarayonida ayrim ko‘chmas mulk obyektlari manzillari bo‘yicha “my.maktab.uz” platformasi bilan bog‘liq noaniqliklar kuzatilmoqda. Shu kabi holatlarni bartaraf qilish maqsadida Jizzax viloyatida tezkor shtab tashkil etildi.👬 Farzandingizni 1-sinfga qabul jarayonida kadastr bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan taqdirda 72-226-75-23, 93-307-87-35 raqamlari orqali biz bilan bog‘lanishingiz mumkin.⚡️ Xatolik tez fursatlarda va bepul bartaraf etilishini ma’lum qilamiz. ❗️ Shu o‘rinda, fuqarolarni ro‘yxat (propiska)ga qo‘yish, o‘chirish yoki o‘zgartirish Kadastr idoralari vakolati doirasida emasligini qayd etish lozim.Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: ✅Telegram  ✅Instagram ✅Facebook

2 июл. 2026 г.1 030В Telegram

🎒 Farzandingizni o‘z qo‘lingiz bilan maktabdan sovutib qo‘ymang! (Ota-onalar yo‘l qo‘yadigan eng katta xato)🏫 Ayni qabul vaqtida ko‘pchilik ota-onalar farzandining kelajagi uchun eng yaxshisini xohlab, ammo e’tibordan chetda qoladigan bir jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishadi. “Maktabda o‘zi o‘rganib ketadi”, “Zehni o‘tkir, yoshligidan qo‘shimcha til bilsa, foyda” degan o‘y bilan bolani u umuman tushunmaydigan tildagi sinfga joylashtirishadi. Biroq, bilmay qilingan bu qaror bolaning butun ta’lim hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.🧠 Nima uchun ta’lim tilini to‘g‘ri tanlash o‘ta muhim?➖ Fanlarni o‘zlashtirishdagi to‘siq: 1-sinfda bola nafaqat o‘qish va yozishni, balki matematika, atrof-olam kabi fanlarni anglashi, mantiqiy fikrlashni o‘rganishi kerak. O‘qituvchisini tushunmasa, u fanni qanday o‘zlashtiradi? Tilni bilmasa, uy vazifalarini qanday bajaradi? Bu jarayonda siz unga qanday yordam bera olasiz?➖  Psixologik zarba: Psixologlarning ta’kidlashicha, 1-sinf — shundoq ham bola uchun katta stress. Yangi muhit, yangi tartib, notanish jamoa. Bu stress ustiga “til to‘sig‘i” ham qo‘shilsa, bola xato qilishdan va savol berishdan qo‘rqadigan bo‘lib qoladi.➖ O‘ziga ishonchning sinishi: Bolaning ichidagi ulkan salohiyat va iqtidor faqatgina shu tilni tushunmaslik kompleksi sababli yuzaga chiqmay, so‘nib qoladi.🎓 Eng muhimi — farzandingiz maktabga o‘zlashtirishdan qiynalib, tushkun kayfiyatda emas, balki bilim olishga bo‘lgan katta ishtiyoq bilan borsin!✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook

2 июл. 2026 г.314В Telegram
Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal — пост в ТГ канале

Jizzax viloyatida Ijtimoiy sohalardagi mavjud muammolarni bartaraf etish va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdiJizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev raisligida maktabgacha va maktab ta’limi, kasbiy ta’lim hamda sog‘liqni saqlash sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar, yangi o‘quv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.Yig‘ilishda davlatimiz rahbarining tegishli qaror va farmonlari ijrosi, hududlarda olib borilayotgan ishlar samaradorligi, sohalarda mavjud kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida bitiruvchilarni oliy ta’limga tayyorlash, maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish, “Jasorat maktablari” faoliyatini takomillashtirish, ta’lim muassasalarini zamonaviy kompyuter texnikalari bilan ta’minlash, qurilish-ta’mirlash ishlari hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi.Kasbiy ta’lim yo‘nalishida dual ta’lim tizimini kengaytirish, texnikumlarning ish beruvchilar bilan hamkorligini kuchaytirish, budjetdan tashqari mablag‘lar topish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada ortda qolayotgan hududlar va mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.Yig‘ilishda yangi o‘quv yiliga sanoqli vaqt qolganligi ta’kidlanib, barcha ta’lim muassasalarida ta’mirlash, jihozlash, isitish tizimlarini tayyorlash va xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha maxsus ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilandi. Mazkur masalalar har hafta shaxsan viloyat hokimi tomonidan nazorat qilib borilishi qayd etildi.Sog‘liqni saqlash sohasida esa tibbiyot muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, qurilish va ta’mirlash ishlari, raqamlashtirish jarayonlari, skrining tadbirlarini kengaytirish, davlat-xususiy sheriklik loyihalari ijros

2 июл. 2026 г.552В Telegram

🎥 Videoreportaj: Jizzax viloyatida Ijtimoiy sohalardagi mavjud muammolarni bartaraf etish va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdiJizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev raisligida maktabgacha va maktab ta’limi, kasbiy ta’lim hamda sog‘liqni saqlash sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar, yangi o‘quv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda davlatimiz rahbarining tegishli qaror va farmonlari ijrosi, hududlarda olib borilayotgan ishlar samaradorligi, sohalarda mavjud kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi. 📹 Batafsil — videolavhada tomosha qiling.

2 июл. 2026 г.349В Telegram
Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal — пост в ТГ канале

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasining Jizzax viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.🗣️Xabar berganimizdek, musobaqa yosh avlod o‘rtasida gimnastika sport turini ommalashtirish, bolalarning jismoniy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda iqtidorli tarbiyalanuvchilarni aniqlash maqsadida tashkil etildi.➡️Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, epchilligi, jismoniy tayyorgarligi va sahna mahoratini namoyish etdilar. Yakuniy natijalarga ko'ra:🏆Zuhriddin Abdug'aniyev (Do'stlik tumani 7-son DMTT tarbiyalanuvchisi); 🏆Nigina Ro'zimuratova (Jizzax shahar 12-son DMTT tarbiyalanuvchisi). 🖥Qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tgan bellashuvlar yakunida g‘olib hamda sovrindorlar munosib taqdirlandi. Musobaqa bolajonlarning sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.✍️Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⌛web-sayt ⚡️Telegram ✅Facebook 😀Instagram

2 июл. 2026 г.335В Telegram
Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal — пост в ТГ канале

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦TEZKOR MA'LUMOT 📣 Hurmatli yurtdoshlar! Xabaringiz bor, kadastr ma’lumotlar bazasini yagona tizim - UZKAD axborot dasturida birlashtirib, aholi va davlat idoralariga xizmat qiluvchi yagona tizim yaratilmoqda. Tizimlarni birlashtirish jarayonida ayrim ko‘chmas mulk obyektlari manzillari bo‘yicha “my.maktab.uz” platformasi bilan bog‘liq noaniqliklar kuzatilmoqda. ▶️ Shu kabi holatlarni bartaraf qilish maqsadida Respublika bo‘yicha tezkor shtab tashkil etildi. ◼️Farzandingizni 1-sinfga qabul jarayonida kadastr bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan taqdirda @Dkpuz_bot telegram boti yoki 71-207-00-03, (ichki raqami 216, 211, 232), 99-849-70-02, 77-131-80-44 raqamlari orqali biz bilan bog‘lanishingiz mumkin. Tezkor shtabning hududiy telefon raqamlari:▫️ Andijon viloyati: 74-224-20-25, 93-810-87-57▫️ Namangan viloyati: 69-233-27-33, 88-920-01-00▫️ Jizzax viloyati: 72-226-75-23, 93-307-87-35▫️ Toshkent viloyati: 71-502-02-07, 90-135-35-05▫️ Surxondaryo viloyati: 55-451-22-19, 93-220-62-96▫️ Qoraqalpog'iston Respublikasi: 61-224-91-02, 99-194-60-60▫️ Sirdaryo viloyati: 67-236-50-05, 97-218-01-17▫️ Qashqadaryo viloyati: 75-227-79-97, 98-444-70-17▫️ Xorazm viloyati: 62-224-67-04, 87-872-92-91▫️ Navoiy viloyati: 79-222-46-31, 94-145-60-45▫️ Buxoro viloyati: 65-221-01-88, 93-452-15-54▫️ Samarqand viloyati: 95-508-81-50, 97-405-02-94▫️ Farg'ona viloyati: 73-229-02-07, 77-319-07-01 ✔️ Xatolik tez fursatlarda va bepul bartaraf etilishini ma’lum qilamiz. ❕ Shu o‘rinda, fuqarolarni ro‘yxat (propiska)ga qo‘yish, o‘chirish yoki o‘zgartirish Kadastr idoralari vakolati doirasida emasligini qayd etish lozim.#DavKadastrPalata  #tezkor_ma_lumot #uzkadIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

2 июл. 2026 г.772В Telegram