Инвестициялар 🔔🔝

Инвестициялар 🔔🔝

@jurabekbabaev

Ishbilarmonlar uchun kanal!Biznes, menejment, marketing, turizm, zargarlik, travel, vizalar va ta’lim imkoniyatlari – hammasi bir joyda! Loyihalarim haqida tajribalarim va kundalik fikrlarim! Murojaat: @InfoBabaevBot

593подписчиков
Еженедельно🇬🇧

Похожие каналы

Все →

Последние посты

Инвестициялар 🔔🔝 — пост в ТГ канале

16 yil oldin tarixdagi eng qimmat pitsalardan biri sotib olingan edi 🍕Laszlo Hanyecz 10,000 BTC evaziga 2 ta pitsa olgan.O‘sha paytda bu taxminan $40 edi.Bugun esa o‘sha 10,000 BTC qiymati $770 milliondan oshadi.Lekin bu hikoya faqat kripto haqida emas.Bu — bozor yangi texnologiyani vaqt o‘tishi bilan qanday baholashi haqida.Dastlab ko‘pchilikka g‘alati, tushunarsiz yoki xavfli ko‘ringan narsalar keyinchalik butun bir industriya bo‘lib ketishi mumkin.Har qanday katta transformatsiya deyarli bir xil yo‘ldan o‘tadi:— avval skeptitsizm,— keyin qiziqish,— undan keyin infratuzilma,— va oxirida katta kapital kirib keladi.Investor uchun eng qiyin savol esa doim bir xil:“Qolganlar hali ishonmayotgan paytda qiymatni ko‘ra olasanmi?”Ba’zan “oddiy experiment” bilan “moliyaviy revolyutsiya” orasida atigi bir necha yil farq bo‘ladi.➡@JurabekBabaevInstagram | Facebook | Youtube | TikTok | Linkedin | VK | X | Threads

3 июн. 2026 г.203В Telegram

Gohida men ham Ilon Musk bo‘lib qolaman 😅Dunyodagi eng yirik texnologik kompaniyalardan biri — Xiaomi asoschisi Lei Jun videoda Ilon Musk bilan uchrashdi. Lekin Ilon aka u kishini tanimay qoldi 😅Qizig‘i, vaqtida aynan Lei Jun“Texnologiyalar olamining xudosi” deb Ilon Muskni ta’riflagan edi.Hatto 2013-yilda u Tesla Model S’ni birinchilardan bo‘lib sotib olganlardan bo‘lgan.Shunaqa paytlar bo‘ladiki, inson miyasi shunchaki overload bo‘lib qoladi. Men ham ba’zida ismlar yo yuzlarni tanimay qolaman 🥲Tadbirkorlikda eng qiyin narsalardan biri — miyani doimiy “ON” holatda ushlab yurish bo’lsa kerak.➡️@JurabekBabaevInstagram | Facebook | Youtube | TikTok | Linkedin | VK | X | Threads

15 мая 2026 г.200В Telegram

📌 Byurokratiya kamaysa, biznes o'sadi!12-may kuni Prezident Mirziyoyev yangi islohotlar paketini e'lon qildi: ma'muriy yuk kamayadi, ruxsatnomalar tezlashadi. "Byurokratik radar" va AI-platformalar joriy etilmoqda. 2026–2030 yillarda bu iqtisodiyotga +$13 mlrd, xorijiy investitsiyalarga esa yiliga +$800 mln berishi kutilmoqda.Amalda: litsenziya olish, korxona ochish, hisobot topshirish — barchasi osonlashadi. Kichik va o'rta biznes uchun ayniqsa bu muhim signal.Sizni hozir biznesdan eng ko'p to'xtatayotgan omil nima? 👇🔗 trend.az@JurabekBabaev | #biznes #islohot #Ozbekiston #investitsiya

15 мая 2026 г.162В Telegram

Men 5 marta qayta-qayta ko’rgan video — LEGO PR jamoasining ishiga qarangTrenddagi geosiyosiy mavzuni olib, uni ijtimoiy tarmoqlardagi trend bilan shunday bog‘lashganki, kontent ham odamlarni ushlab qoladi, ham brend falsafasiga juda mos tushadi.Eng qiziq joyi — bu video har kimga har xil ta’sir qiladi.Oddiy tomoshabin shunchaki kreativ video ko‘radi.Marketingchi — kuchli g‘oya va auditoriya bilan ishlashni ko‘radi.PR mutaxassisi esa kontent ortidagi ma’no, signal va strategiyani sezadi.Eng kuchli tomoni — kontent bir vaqtning o‘zida ham bolaga, ham kattaga ishlaydi.Mana shu haqiqiy storytelling.Mana shu — kuchli PR. Qayta ko‘rsangiz, yana boshqa detalni payqaysiz.P.S. Geosiyosatda esa ayrim davlatlarning tajribasi va sabri ko‘pincha vaqt o‘tib bilinadi. Eron juda qadimiy va tajribali o‘yinchi ekanini esa, menimcha, vaqtning o‘zi ko‘rsatadi.➡@JurabekBabaevInstagram | Facebook | Youtube | TikTok | Linkedin | VK | X | Threads

12 мая 2026 г.162В Telegram
Инвестициялар 🔔🔝 — пост в ТГ канале

Kecha Oʻzbekistonning Investitsiya kodeksi loyihasiga bagʻishlangan seminar — uzoq vaqt yodda qoladigan kunlardan biri boʻldi.Zalda haqiqiy jonli muloqot muhiti hukm surdi: xalqaro kompaniyalar, davlat idoralari, deputatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari bir maydonda jam boʻlib, bir-birini shunchaki eshitib emas, chinakam tinglab suhbatlashdi.Meni eng koʻp ta’sirlantirgani — suhbatning ochiqligi va samimiyligi boʻldi. Hatto eng keskin fikrlar ham tanqid sifatida emas, balki mamlakat kelajagiga boʻlgan befarq boʻlmagan munosabat sifatida yangradi. Mas’ul idoralar esa tingladi, mulohaza qildi va oʻsha zahoti javob berdi.Bugun Oʻzbekistonda juda muhim jarayon ketmoqda — mamlakat nafaqat hujjatlarda, balki amalda, muloqot madaniyatida va ochiqlikda ham oʻzgarib bormoqda.Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi kotibiyatida ishlash esa ana shunday jarayonlarga yaqindan guvoh boʻlish imkonini beradi. Va kechagidek kunlar bu ishning qadrini yana bir bor his qildiradi.#Oʻzbekiston #InvestitsiyaKodeksi #DavlatVaBiznesDialogi #IqtisodiyIslohotlar #XorijiyInvestitsiyalar #OliyMajlis➡@JurabekBabaevInstagram | Facebook | Youtube | TikTok | Linkedin | VK | X | Threads

9 мая 2026 г.154В Telegram

Инвестициялар 🔔🔝 pinned a photo

9 мая 2026 г.В Telegram
Инвестициялар 🔔🔝 — пост в ТГ канале

9-may — Хотira va qadrlash kuni. 🇺🇿Bugun biz tinchlik, jasorat va Vatan uchun jonini fido qilgan insonlarni hurmat bilan yodga olamiz.Ularning xotirasi — qalbimizda, jasorati esa avlodlarga ibrat. 🕊️Bayram muborak boʻlsin Aziz Insonim! Hurmat va ehtirom bilan@JurabekBabaev

9 мая 2026 г.144В Telegram
Инвестициялар 🔔🔝 — пост в ТГ канале

Рахмат сенга, қадимий ва бетакрор Самарқанд… ✨Бу сафар хизмат сафари билан келдим — Осиё тараққиёт банки (ADB)нинг йиллик учрашувида иштирок этиш учун.Муҳим учрашувлар, халқаро мулоқотлар, янги ғоялар.Лекин Самарқанд мен учун ҳеч қачон фақат иш билан чекланмайди.Бу шаҳарда юракка яқин инсонлар бор. Шунинг учун ҳар бир келишим алоҳида — ҳислар бошқача, хотиралар илиқроқ.Кечқурунги кўчалар. Мовий гумбазлар. Қадимий муҳит.Инсонни ўйга толдиради.Ва шу ерда яна бир нарсани ҳис қилдим:Ҳар бир янги эшик сенинг янги версиянгни талаб қилади.Самарқанд — фақат тарих эмас.У каттароқ ўйлашга, қадрли инсонларга ва ҳаётнинг ҳақиқий қийматига қайтаришни эслатадиган шаҳар.#Самарқанд #ADB #хизматсафари #шахсийривожланиш➡️@JurabekBabaevInstagram | Facebook | Youtube | TikTok | Linkedin | VK | X | Threads

7 мая 2026 г.152В Telegram

#kun_suhbatiBugun Samarqand shahrida Osiyo Taraqqiyot Bankining Boshqaruvchilarining "Taraqqiyot chorrahalari" mavzusidagi 59-Yillik anjumani doirasida ishbilarmon do’stim Jo’rabek Babayev bilan samimiy suhbatlashishga muvaffaq bo’ldim.#разговор_дня Сегодня в Самарканде у меня состоялась откровенная беседа с моим деловым другом Джурабеком Бабаевым в рамках 59-го ежегодного заседания управляющих Азиатского банка развития на тему «Перекресток развития».#conversation_of_the_day Today in Samarkand, I had a frank conversation with my business friend, Jurabek Babayev, at the 59th Annual Meeting of Governors of the Asian Development Bank, entitled "Crossroads of Development."Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo`ling:👇👇Telegram |  Instagram  | Facebook | YouTube | linkedin

6 мая 2026 г.126В Telegram
Инвестициялар 🔔🔝 — пост в ТГ канале

Osiyo Taraqqiyot Banki 59-yillik yig’ilishida O’zbekiston haqida muhim faktlar sanaldiOʻtgan kun Jamshid Xo’jayevning Osiyo Taraqqiyot Banki (ADB) yig’ilishidagi nutqi katta qiziqishga sabab bo’ldi. Raqamlar gapirsin:— Mamlakatimiz tez o‘sayapti ( YaIM 7,7%)— O‘zbekistonga jalb etilgan investitsiyalar 43 milliard dollarga oshdi (katta raqamlar)— Dunyodagi reyting baholovchi asosiy agentliklar — S&P, Fitch, Moody’s O‘zbekistonni yanada yaxshi baholadi (BB– dan BB’ga)Eng muhimi nima?O‘zbekiston faqat investitsiya muhitini emas, balki qonun-qoidalarni ham yaxshilayapti: Bu — tizimli islohotlarga bo’lgan aniq iroda. Toshkent Xalqaro Moliya Markazi, xususiy kreditlash uchun yangi qonunchilik, xorijiy investorlarni himoya qilish mexanizmlari, OECD ga rasmiy ariza… Bularning barchasi atigi bir yilda. Va eng muhimi — Markaziy Osiyo va Kavkaz investitsiya kengashlarining mintaqaviy alyansi. Bu shunchaki memorandum emas, birgalikda fikrlash va harakat qilishga tayyorlik belgisi.🌐 O’zbekiston global investitsiya xaritasida o’z o’rnini mustahkamlab bormoqda. Va bu jarayon hali uzoq davom etadi.➡️@JurabekBabaevInstagram | Facebook | Youtube | TikTok | Linkedin | VK | X | Threads

6 мая 2026 г.299В Telegram