Kun.uz | Rasmiy kanal

Kun.uz | Rasmiy kanal

@kunuz

🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladiReklama: +998781137733Sayt: http://kun.uz/uzfacebook.com/kunuznewstwitter.com/KunUzNewsinstagram.com/kun.uz@kunuzmurojaat

72 837подписчиков
Несколько раз в день🇬🇧

Похожие каналы

Все →

Последние посты

Kun.uz | Rasmiy kanal — пост в ТГ канале

Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati28 iyul kuni Isroil hukumati “Usmoniylar davrida armanlar genotsid qilingan” degan qarorga keldi. Hujjatni Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar taqdim qilgan, uning tashabbusini kabinetdagi barcha vazirlar bir ovozdan qo‘llagan.Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov Kun.uz‘dagi kolonkasida bu qarorning motivlari va unga mintaqa davlatlari, xususan Armanistonning munosabati qanday bo‘lgani haqida so‘z yuritadi.📹 VIDEONI TOMOSHA QILING

2 июл. 2026 г.9 650В Telegram
Kun.uz | Rasmiy kanal — пост в ТГ канале

Rossiya Kiyevga vayronkor zarbalar yo‘lladi – suratlarUkraina poytaxtining barcha rayonlarida shikastlanishlar qayd etilgan: 20 ta turar joy binosi vayron bo‘lgan, kamida 18 kishi halok bo‘lib, 100 ga yaqin kishi jarohatlangan.📸 👉 https://kun.uz/23749094Kun.uz rasmiy kanaliRossiya Kiyevga vayronkor zarbalar yo‘lladi – suratlarUkraina poytaxtining barcha rayonlarida shikastlanishlar qayd etilgan: 20 ta turar joy binosi vayron bo‘lgan, kamida 18 kishi halok bo‘lib, 100 ga yaqin kishi jarohatlangan.📸 👉 https://kun.uz/23749094Kun.uz rasmiy kanali

2 июл. 2026 г.10 100В Telegram
Kun.uz | Rasmiy kanal — пост в ТГ канале

“Quyoshli xonadon”larga aprel–may oylari uchun subsidiya to‘lab berildiUyiga quyosh paneli o‘rnatib davlatga elektr energiyasi sotgan 60 mingdan ortiq aholiga, kechikish sababiga izoh berilmagan holda, aprel-may oylari uchun 156 mlrd so‘m subsidiya to‘lab berildi.Subsidiya oluvchilar soni mart oyiga nisbatan 15 ming nafarga yoki 33 foizga ko‘paygan.Ayni paytda tadbirkorlar oldidagi xuddi shunday qarzdorlik masalasida yangilik bo‘lganicha yo‘q.👉 https://kun.uz/54160088Kun.uz rasmiy kanali

2 июл. 2026 г.10 200В Telegram

Dohada yakunlangan muzokaralar va Kiyevga ommaviy hujum – kun dayjesti• Qatarda Eron va AQSH bilvosita muzokaralarning navbatdagi raundini yakunladi: vositachilar «ijobiy siljish» haqida gapirmoqda;• Rossiya kuchlari payshanbaga o‘tar kechasi Kiyevga dronlar va raketalar bilan hujum uyushtirdi: o‘ndan ortiq inson halok bo‘ldi;• Venesuelada sodir bo‘lgan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 2295 kishiga yetdi;• Burkina Faso armiyasi qurolli guruhlar hujumini qaytarib, 400 jangarini yo‘q qilganini maʼlum qildi;• Meksikada milliy jamoaning Jahon chempionatidagi g‘alabasini nishonlash vaqtidagi tiqilinchda to‘rt kishi halok bo‘ldi.👉 https://kun.uz/18772677Kun.uz rasmiy kanali

2 июл. 2026 г.10 500В Telegram
Kun.uz | Rasmiy kanal — пост в ТГ канале

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqdaJoriy yil I choragida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari o‘tgan yilning mos davridan 13 foizga oshib, 3,8 mlrd dollarni tashkil etdi. Umumiy o‘tkazmalar tarkibida Rossiyadan jo‘natilgan mablag‘lar ulushi bir yil oldingidan 5,2 foiz punktga pasayib, 72,4 foizga tushdi.Mazkur davrda Rossiyada patent asosida ishlagan o‘zbekistonliklar soni 1,34 mln nafar bo‘lib, bu ko‘rsatkich yillik nisbatda 1,8 foizga kamaygan.👉 https://kun.uz/03609454Kun.uz rasmiy kanali

2 июл. 2026 г.10 700В Telegram
Kun.uz | Rasmiy kanal — пост в ТГ канале

“Geosiyosat”. Ekspertlarga savol beringVladimir Putinga ko'ra, Ukrainaning Rossiya ichkarisiga berayotgan zarbalari frontdagi vaziyatga ta'sir qilmayapti. U portlatilgan zavodlar tezda ta'mirlanishi va keraklicha yoqilg'i import qilinishini aytdi. Kremlga yaqin siyosatshunos Sergey Karaganov esa yadroviy zarba berish orqali G'arbga qizil chiziqlarni ko'rsatishga chaqirmoqda.Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturi bugungi sonida tahlilchilar Oybek Sirojov va Shuhrat Rasul efir davomida asosan tomoshabinlardan kelib tushgan savollarga javob berishadi.📱 Telegram'da ko‘rish📱 YouTube'da ko‘rish📱 VKontakte'da ko‘rish

2 июл. 2026 г.10 800В Telegram

Saida Mirziyoyeva bilan yonma-yon. Missiya. # 12Kun.uz rasmiy kanali

2 июл. 2026 г.41 500В Telegram
Kun.uz | Rasmiy kanal — пост в ТГ канале

Sherzod Ibragimov Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi So‘nggi ikki yilda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatini boshqarib kelgan polkovnik Sherzod Ibragimov faoliyatini Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari sifatida davom…YHXXga yangi rahbar tayinlandiIIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimida Sherzod Ibragimov o‘rnini Murodbek Sherliyev egalladi. Tayinlovga qadar u YHXX boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.👉 https://kun.uz/18788200Kun.uz rasmiy kanali

2 июл. 2026 г.11 400В Telegram
Kun.uz | Rasmiy kanal — пост в ТГ канале

JCh kundaligi: Keyn Angliyani qutqardi, Belgiyada dahshatli kambekFavoritlar uchun asabiy kun: kongoliklar darvozaboni inglizlarni qiynadi; hisob 0:2 ekanida Belgiya futbolchilari o‘zaro urishib ketdi, lekin yakunda Senegal turnirdan chiqarib yuborildi. AQSh ozchilik bo‘lib o‘ynaganiga qaramay, g‘alaba qozondi.Meksikada fojia, Germaniyada aybdorlar izlanmoqda, turnirni tark etgan yana bir jamoada bosh murabbiy iste’foga chiqdi, Turkiyada esa futbolchilarga villalar sovg‘a qilindi.📹 👉 https://kun.uz/68062510Kun.uz rasmiy kanali

2 июл. 2026 г.11 400В Telegram
Kun.uz | Rasmiy kanal — пост в ТГ канале

Toshkentda Malibu qahvaxonaga borib urildiToshkent shahrining Yakkasaroy tumanida yuqori tezlikda harakatlangan Malibu rusumli yengil avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qahvaxona binosiga borib urildi. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.👉 https://kun.uz/35686606Kun.uz rasmiy kanali

2 июл. 2026 г.11 600В Telegram