Digital.uz

Digital.uz

@mitcuz

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklariНовости Министерства цифровых технологийFacebook: https://www.facebook.com/mininfocom/Instagram: https://www.instagram.com/digital_uz_/Youtube: https://www.youtube.com/@digitaluz

12 750подписчиков
🇬🇧

Похожие каналы

Все →

Последние посты

Digital.uz — пост в ТГ канале

🔖 “Yoshlar kuni” doirasida TATUda talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi⏩Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni vazirlik va idoralar hamda hududlarda “Yoshlar kuni” sifatida belgilanishi yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning tashabbus va takliflarini bevosita eshitish hamda dolzarb masalalariga amaliy yechim topishning samarali mexanizmini shakllantirmoqda.🟪 Mazkur tashabbus doirasida bugun, 2-iyul kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.✔️ Ochiq muloqot davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslarini bildirdi. Xususan, AT sohasida malaka oshirish, xalqaro sertifikatlar olish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash, amaliyot va bandlik imkoniyatlarini kengaytirish, sun’iy intellekt yo‘nalishidagi ta’lim hamda raqamli ekotizimni rivojlantirishga oid masalalar muhokama qilindi.Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/186920Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

2 июл. 2026 г.1 210В Telegram
Digital.uz — пост в ТГ канале

👩‍💻TATUda “Sun’iy intellekt klasteri” ochildi🤖 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida mamlakatimizda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish va innovatsion ekotizimni mustahkamlashga xizmat qiluvchi “Sun’iy intellekt klasteri”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.⚪️ Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha departamenti rahbari B. Xodjayev, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining sun'iy intellekt va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish masalalari departamenti rahbari Z. Mutalov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov, vazirlik va idoralar, AT sohasi korxona va tashkilotlari, respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari vakillari, professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar hamda talabalar ishtirok etdi.🔰Yangi tashkil etilgan “Sun’iy intellekt klasteri” ta’lim, ilmiy tadqiqot va innovatsion loyihalarni yagona platformada birlashtiradi. Klaster doirasida universitetga zamonaviy GPU Cluster hamda yuqori unumdorlikka ega ko‘p funksiyali serverlar taqdim etildi. Ushbu infratuzilma sun’iy intellekt modellarini yaratish, katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash, mashinali o'qitish va ilmiy-amaliy tadqiqotlarni samarali tashkil etish imkonini beradi.🔬 Shuningdek, klaster tarkibida AI Laboratory, AI Prototyping Room va AI Lecture Room faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu maskanlarda talabalar va yosh tadqiqotchilar sun’iy intellekt, 3D dizayn, IoT hamda innovatsion startap loyihalari ustida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/186832Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

2 июл. 2026 г.1 880В Telegram
Digital.uz — пост в ТГ канале

🇺🇿 🇶🇦 MBK Holding bilan sun’iy intellekt sohasida strategik hamkorlik kengaytiriladi🟢Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Qatarning MBK Holding asoschisi va boshqaruv raisi Shayx Mansur bin Xalifa Ol Tani bilan uchrashuv o‘tkazdi.🔖Uchrashuv davomida sun’iy intellekt, raqamli infratuzilma, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, axborot texnologiyalari sohasida investitsiyalarni jalb etish hamda inson kapitalini rivojlantirish yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.⚡️ Tomonlar O‘zbekistonni sun’iy intellekt va ilg‘or raqamli texnologiyalar bo‘yicha Markaziy Osiyo hamda MDH mintaqasining muhim markazlaridan biriga aylantirish, mamlakatning yosh va iste’dodli mutaxassislarini xalqaro loyihalarga jalb etish, sun’iy intellekt yo‘nalishida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash hamda yuqori daromadli yangi ish o‘rinlarini yaratish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/186735____🇺🇿 🇶🇦 Uzbekistan and MBK Holding Expand Strategic Cooperation in Artificial Intelligence🟢 Minister of Digital Technologies Sherzod Shermatov held a meeting with Sheikh Mansoor bin Khalifa Al Thani, Founder and Chairman of the Board of Qatar's MBK Holding, to discuss expanding strategic cooperation in artificial intelligence, digital infrastructure, innovation, and human capital development.🔖 The discussions focused on strengthening collaboration in artificial intelligence, digital infrastructure, the commercialization of scientific research, investment in information technologies, and the development of a highly skilled digital workforce.⚡️ The parties exchanged views on Uzbekistan's potential to become a leading regional hub for artificial intelligence and advanced digital technologies in Central Asia and the CIS region. They also discussed opportunities to engage the country's young professionals in international projects, expand AI education and training, and create new high-value employmen

2 июл. 2026 г.1 730В Telegram