PRXONA

PRXONA

@prxona

PR, kommunikatsiya, kreativ haqida o'zbek tilida gaplashamiz.

145подписчиков
🇬🇧

Похожие каналы

Все →

Последние посты

KIA Qozog’iston uchun Staple Agency tomonidan ishlangan kreativ rolikda ayollarning jamiyatdagi o’rni juda chiroyli aks ettirib berilibdi. Qozoq bovurlarimizga ajoyib ijodkorlik uchun yana bir bor tasanno.PRxonada gaplashamiz - @prxona

25 мар. 2026 г.206В Telegram
PRXONA — пост в ТГ канале

Birinchi "Baku Flames" festivali boshlandi2-3-may kunlari Ozarbayjon poytaxti kreativ soha vakillarini bir yerga jamlaydi. ilk bor o'tkazilayotgan "Baku Flames" festivali "short-list"idan O'zbekistonning 2 agentligi joy olgan. Sintez agentligi "Visible Bag", Lokals esa "Mosaicvertising" keyslari bilan festivalning Media, PR, Reklama kampaniyasi, Tashqi reklama va Barqaror rivojlanish maqsadlar (SDG) yo'nalishlari bo'yicha "short-list"dan o'rin egallashgan.Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimiBirinchi "Baku Flames" festivali boshlandi2-3-may kunlari Ozarbayjon poytaxti kreativ soha vakillarini bir yerga jamlaydi. ilk bor o'tkazilayotgan "Baku Flames" festivali "short-list"idan O'zbekistonning 2 agentligi joy olgan. Sintez agentligi "Visible Bag", Lokals esa "Mosaicvertising" keyslari bilan festivalning Media, PR, Reklama kampaniyasi, Tashqi reklama va Barqaror rivojlanish maqsadlar (SDG) yo'nalishlari bo'yicha "short-list"dan o'rin egallashgan.Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi

2 мая 2025 г.936В Telegram
PRXONA — пост в ТГ канале

O'zbek media bozori qiymati 2024-yilda 165 million dollarga yetdiLedokol reklama agentligi o'zbek media bozori tahlili va uning transformatsiyasi haqida o'z fikrlarini bildirdi. Eng muhim tezislar quyidagilar:- TV-reklama hali ham investitsiya va kirib borish nuqtai nazaridan O‘zbekistondagi 1-raqamli ommaviy axborot vositasi bo‘lib qolmoqda. - O'zbekistonda 30 milliondan ortiq teletomoshabin bor.- Digital reklama beruvchilarining asosiy toifalari orasida Banking & Finance, ko‘chmas mulk va avtosanoat, e-com sohasi.- Tashqi reklama kichik va o‘rta biznes reklama beruvchilari uchun eng yaxshi yechim hisoblanadi.- 2023-yil boshidagi biroz sustlashuvdan so‘ng, farmatsevtika brendlari 2024-yilda ommaviy axborot vositalariga faol sarmoya kiritishda davom etib, TV yetakchiligini qaytarib oldi.- TV-reklamaning o‘rtacha kunlik qamrovi hali ham O‘zbekiston banking auditoriyasining yarmidan ko‘pini tashkil etmoqda.- raqamli xizmatlar auditoriyasi 20 milliondan ortiqni tashkil qilmoqda.Batafsil saytimizda o'qishingiz mumkinMarketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi

23 апр. 2025 г.641В Telegram
PRXONA — пост в ТГ канале

Akkauntlaringizni qanday himoya qilishni bilasizmi?Ko’pchilikning fikricha, ijtimoiy tarmoqlarni himoyalash zarur emas, chunki ularsa yashiradigan sir mavjud emas, yoki “Men bilan nima ham qila olishardi?” deya bee’tibor qoldirishadi. Ammo aynan shu xatti-harakat bilan firibgarlarga yo’l ochib berishingiz, keyinchalik yaqinlaringizni ham xavf ostida qoldirishingiz mumkin.Xullas, bugun sizlar bilan Telegram va Instagramdagi firibgarlik sxemalari va ulardan himoyalanish usullari haqida gaplashamiz!Virtual hayotingizni xavfsiz qiluvchi tavsiyalar bilan tanishing!Telegram I Instagram I Veb-sayt

19 апр. 2025 г.456В Telegram

“Andijon” futbol klubi mediasidan ajoyib video. Ayrim “mol”larga yaxshi messej berishibdi.PRxonada gaplashamiz - @prxona

19 апр. 2025 г.387В Telegram

#ishgatavsiyaAssalomu alaykum doʻstlar!Bugun Vodiylik doʻstlarimiz uchun yaxshi taklifim bor.Bir akamiz Namanganda "Megaton" nomli katta loyihani boshlabdilar.Ushbu loyihaning marketing boʻlimiga bir grafik dizayner va yana bir mobilograf izlayaptilar!Agar siz grafik dizayner yoki mobilograf boʻlsangiz va Namanganda yashasangiz, mavjud vakansiyaga oʻz nomzodingizni taklif qilishingiz mumkin!Murojaat uchun: @Shaxboz_Ubaydullayev

18 апр. 2025 г.325В Telegram
PRXONA — пост в ТГ канале

O‘zbekistonda 2024/2025-yilning eng sevimli brendlariDeFacto agentligi 2024-2025-yillarning eng sevimli brendlarni aniqlashga qaratilgan qiziqarli tadqiqot haqida ma'lum qildi. Tadqiqot Toshkent shahri aholisi orasida o'tkazilgan. 2025-yilgi reytingning kuchli uchligida "BMW", "Mercedez-Benz", "Apple" va "Nike" brendlari o'rin olgan. Infografikalarda "BMW" 2024-yilga nisbatan o'z pozitsiyalarini anchagina yaxshilaganini ko'rish mumkin.Top-20 brendlar tarkibida o'tgan yilgiga qaraganda bir qancha o'zgarishlarni ko'rish mumkin. Reytingda KIA, Dior, Adidas, Artel, Uzum va Lays kompaniyalari o'z o‘rnini Toyota, Nestle, Louis Vuitton, Selfie va LG kompaniyalariga bo'shatib berganini ko'rishimiz mumkin. Bu iste’molchilar qiziqishi boshqa tovar toifalari va brendlari tomon qarab o'zgarayotganini ko'rsatadi.Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimiO‘zbekistonda 2024/2025-yilning eng sevimli brendlariDeFacto agentligi 2024-2025-yillarning eng sevimli brendlarni aniqlashga qaratilgan qiziqarli tadqiqot haqida ma'lum qildi. Tadqiqot Toshkent shahri aholisi orasida o'tkazilgan. 2025-yilgi reytingning kuchli uchligida "BMW", "Mercedez-Benz", "Apple" va "Nike" brendlari o'rin olgan. Infografikalarda "BMW" 2024-yilga nisbatan o'z pozitsiyalarini anchagina yaxshilaganini ko'rish mumkin.Top-20 brendlar tarkibida o'tgan yilgiga qaraganda bir qancha o'zgarishlarni ko'rish mumkin. Reytingda KIA, Dior, Adidas, Artel, Uzum va Lays kompaniyalari o'z o‘rnini Toyota, Nestle, Louis Vuitton, Selfie va LG kompaniyalariga bo'shatib berganini ko'rishimiz mumkin. Bu iste’molchilar qiziqishi boshqa tovar toifalari va brendlari tomon qarab o'zgarayotganini ko'rsatadi.Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi

17 апр. 2025 г.276В Telegram
PRXONA — пост в ТГ канале

Ziyouz'ga 21 yil❤️!Maktab davrimni to'liq shu saytda o'tkazganman. Haligacha eslayman kitoblar va maqolalarni yuklab olib, ularni bosmadan chiqarib o'qib yurardim. Men uchun maktab ham bo'lib bergan bu portal. Davron akani umrlari uzoq bo'lsin va ziyouz.com bundanda rivojlansin.PRxonada gaplashamiz - @prxona

9 апр. 2025 г.318В Telegram
PRXONA — пост в ТГ канале

O'tgan hafta Aygen xaltali odamlar bozorlarni egallab oldi2-aprel kuni Toshkentning bir qancha bozorlarida 2000-yillar boshlarida urfda bo'lgan Aygen paketlar dizaynida ishlangan bozor xaltalarni taqib olgan kishilar haqida postlar birin-ketib chiqishni boshladi.Ushbu kreativ xaltalar "Yandex Uzbekistan" kompaniyasining "Market Yandex Go" xizmati uchun ishlangan va kompaniya shu orqali mahalliy auditoriyaga yaqinligini namoyish qildi. Ko'pchilik Aygen paketlarini baquvvat bo'lgani bilan eslaydi va bu kampaniya auditoriya orasida o'ziga xos nostalgiyani qo'zg'atib yubordi. 605 agentligi bilan hamkorlikda ishlangan kreativlar "Aygen xalta" keysi bilan cheklanib qolmagan, balki shahar bo'ylab ko'plab LED-ekranlarda "Kango", "Zi-zi" va "Chocotella" mahsulotlarining bir necha yil oldingi kreativlarini ham o'zgacha uslubda "Yandex market"ga mos talqinda taqdim qilishgan.Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimiO'tgan hafta Aygen xaltali odamlar bozorlarni egallab oldi2-aprel kuni Toshkentning bir qancha bozorlarida 2000-yillar boshlarida urfda bo'lgan Aygen paketlar dizaynida ishlangan bozor xaltalarni taqib olgan kishilar haqida postlar birin-ketib chiqishni boshladi.Ushbu kreativ xaltalar "Yandex Uzbekistan" kompaniyasining "Market Yandex Go" xizmati uchun ishlangan va kompaniya shu orqali mahalliy auditoriyaga yaqinligini namoyish qildi. Ko'pchilik Aygen paketlarini baquvvat bo'lgani bilan eslaydi va bu kampaniya auditoriya orasida o'ziga xos nostalgiyani qo'zg'atib yubordi. 605 agentligi bilan hamkorlikda ishlangan kreativlar "Aygen xalta" keysi bilan cheklanib qolmagan, balki shahar bo'ylab ko'plab LED-ekranlarda "Kango", "Zi-zi" va "Chocotella" mahsulotlarining bir necha yil oldingi kreativlarini ham o'zgacha uslubda "Yandex market"ga mos talqinda taqdim qilishgan.Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi

7 апр. 2025 г.299В Telegram

Faqat rus tilida faoliyat yuritadigan barcha bizneslar xizmatlariga rublda to'lov qilish kerak. Shunda yuzlariga oyna tutilardi manimcha.PRxonada gaplashamiz - @prxona

4 апр. 2025 г.302В Telegram
PRXONA — пост в ТГ канале

Malika bozorida shunaqa bozor xalta ko'targan qizlarga ko'zim tushdi. Yandex market O'zbekistonga kirib kelayotganga o'xshaydi.PRxonada gaplashamiz - @prxona

2 апр. 2025 г.3 120В Telegram