Maktab o’quvchilari uchun foydali ta’lim resurslariRaqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan maktab o’quvchilari uchun tavsiya etilgan ta’lim resurslari ro’yxati.Bu yerda IT, ingliz tili, dasturlash, sun’iy intellekt, frilanserlik va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradigan platformalar bor.O‘quvchilar, ota-onalar va ustozlar uchun kerakli ma’lumot deb o‘yladim. Saqlab qo‘ying, albatta foydasi tegadi))@risolassblog
May oyi yakunlari…🚀Bu oy men uchun yangi loyihalar, tadbirlar, hamkorliklar va qimmatli tajribalarga boy bo‘ldi ⚡️Kreativ ishlar, qiziqarli uchrashuvlar va unutilmas lahzalar bilan to‘la may oyining eng yaxshi momentlarini bir joyga jamlab sizlar bilan bo’lishdim.@risolassblogLinkedIn: Risolatxon Nurullayeva
6-may kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi jamoamiz bilan "Plug and Play Uzbekistan Expo 2026" tadbirida bo‘ldik 🚀Bu tadbir men uchun alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunki bir yil oldin shunday tadbirlarni kuzatib, qiziqib, “bir kuni men ham shunday muhitning ichida bo‘laman” deb niyat qilgan edim )) ✨Bu safar esa men shunchaki kuzatuvchi emas, balki ushbu jarayonning bevosita ichida bo‘ldim. Intervyular, VIP mehmonlar, kamera, savollar, yangi tanishlar va katta ma'suliyat… hammasi bir joyda 🥺🔥Eng esda qolgan jihati - ilk bor VIP mehmonlardan intervyu olganim bo‘ldi 💪Albatta, boshida hayajon bo‘ldi. Lekin o‘zimga: “Bu imkoniyat menga bejiz berilmadi, (insha Alloh) qila olaman-ki, uddalay olaman-ki, bu imkoniyatni qolga kiritdim" dedim...Va uddaladimMazkur jarayon davomida yana bir narsani aniq-tiniq tushundim: ba’zi imkoniyatlar seni tayyor bo‘lganing uchun emas, aynan o‘sha jarayon orqali yanada kuchliroq bo‘la olishing uchun beriladi.Tadbirning o‘zi ham juda kuchli hayajonli va ta'sirli muhitda o‘tdi. AI, fintech, GameDev, HealthTech, EdTech va kreativ texnologiyalar yo‘nalishidagi startaplar o‘z loyihalarini taqdim qilishdi.30 dan ortiq xalqaro va mintaqaviy startaplar, bitta joyda shuncha g‘oya, shuncha jamoa, shuncha energiya.Shunday paytda texnologiya faqat kod yoki platforma emasligini yana bir bor his qilasan kishi. Uning ortida odamlar, mehnat, ishonch va katta orzular yotadi.To'g'ri, o'zim uchun ham bu tadbir navbatdagi yana bitta tadbir kabi shunchaki o'tib ketmadi...O'zimni yangi rolda sinab ko‘rgan, hayajonimni biroz bo'lsa-da yenggan, tajriba orttirgan va o‘zimga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlagan kunlardan biri bo‘ldi.Bu hali boshlanishi… 💌✨@risolassblogLinkedIn: Risolatxon Nurullayeva
2 oycha bu yerda jim bo‘lib qolibmanYo‘q, yo‘qolib ketmadim )) ❤️Shunchaki oxirgi paytlar ko‘proq LinkedIn’da faol bo‘ldim. Ishlar, tadbirlar, traininglar, loyihalar… qisqasi aytadigan gap ko‘p, lekin Telegramga yozishga vaqt topolmay yurgandim.Endi sekin-sekin shu yerga ham qaytaman.Post qiladigan narsalarim ancha yig‘ilib qolgan 💡Boshlanishiga oxirgi paytlarda menda yaxshi iz qoldirgan bir training haqida yozgim keldi - WIFI DX | Women ICT Frontier Initiative8-10-aprel kunlari Toshkentda, Uztelecom binosida 3 kunlik trainingda qatnashdim.Rostini aytsam, boshida “digital business haqida ozmi-ko‘pmi tushuncham bor-ku” deb o‘ylagandim.Lekin training davomida bu mavzu men o‘ylaganimdan ancha kengroq ekanini tushundim.Graphic designer bo‘lganim uchun odatda ko‘proq vizual, kontent, prezentatsiya, kommunikatsiya va brend ko‘rinishi kabi narsalar bilan ishlayman.Bu training esa menga biznesning boshqa tomonlarini ham ko‘rsatdi:ichki jarayonlar, data, strategiya, avtomatlashtirish, mijoz bilan ishlash, o‘sish va qaror qabul qilish.Eng esimda qolgan narsalardan biri shu bo‘ldi:Digital transformation degani faqat chiroyli website yoki Instagram sahifa emas, bu biznes ichidagi jarayonlar qanday ishlayapti, texnologiya haqiqatan muammoni yechyaptimi yoki yo‘qmi, shular haqida ekan.Data bo‘yicha sessiya ham foydali bo‘ldi. Oldin data deganda ko‘proq texnik mavzu deb qarardim. Lekin aslida bu har qanday biznes egasi qaror qabul qilishda tushunishi kerak bo‘lgan 💯 ekan ))AI haqida ham gaplashdik. Hozir hamma joyda AI trend bo‘lib ketgan, lekin trainingda uni shunchaki trend sifatida emas, real ish jarayonida, biznesda qanday ishlatish mumkinligi haqida ko‘proq gap bo‘ldi.Shu qismi menga ancha qiziq bo‘ldi ))3 kun juda tez o‘tib ketdi.Training yakunida sertifikatni rahbarim Kamola Shavkatovnadan qabul qilib olish esa men uchun alohida yoqimli lahzalardan biri bo'ldi 🥹✨Lekin rostini aytsam, bu trainingdan faqat sertifikat bilan emas, yangi fikrlar, ko‘proq savollar va yangi tan