Har 13 minutda deyarli bittadan o'rishimiz kerak (mi?) shunda...
Sardor Berdiyev | IT & Magic
@s_berdiyev
IT va boshqa g‘ayri oddiy narsalar haqidaCEO at: @commeta_sharh, @hissauz, @MetsenatUzYurakdagi PR: @prxona
Похожие каналы
Все →Последние посты

UzGeeks’damiz. Yaxshi loyiha. Foydali loyiha. O‘tgan safar boshlovchi ham edim. Juda kuchli spikerlar kelgan. Endi birinchi spiker chiqyaptilar. Agar yaqin atrofda bo‘lsangiz kirib o‘tishni tafsiya etaman.Manzil: Amity university. @s_berdiyev - issiqlayapti
Bitta kichik maslahat. Agar ilovangiz Huawei AppGallery'da yo‘q bo‘lsa, siz auditoriyaning bir qismini yo‘qotyapsiz. @s_berdiyevShunga o'xshash yana kichik eslatmalar: 1) MVP'ni mukammal qilishga urinmang. Uni tezroq foydalanuvchilarga bering;2) Push notification'larni birinchi kundan o‘ylang;3) Har bir ilovada feedback yuborish tugmasi bo‘lsin;4) Foydalanuvchini ro‘yxatdan o‘tishga majburlamang. Imkon qadar tezroq qiymat ko‘rsating;5) Har bir yangi funksiya uchun KPI belgilang;6) Backup va monitoring bo‘lsin loyihada;7) Ilovangizni faqat bitta til bilan cheklamang;8) Release qilgandan keyin marketingni boshlamang. Marketing release'dan oldin boshlanadi.Sizda ham shunga o'xshash maslahatlar bo'lsa izohlarda bo'lishing 😉 @s_berdiyev - ishi osonmas
Bitta kichik maslahat.Agar ilovangiz Huawei AppGallery'da yo‘q bo‘lsa, siz auditoriyaning bir qismini yo‘qotyapsiz.@s_berdiyev

Startaplarda ham, yirik loyihalarda ham ishlagan va hozir davlat tashkilotida yangi yo‘nalishni deyarli noldan qurayotgan insonga qanday savol bergan bo‘lardingiz?Bugun savollaringizga ochiq va samimiy javob beraman.Savollaringizni izohlarda qoldiring. Eng qiziqarli savollarga alohida postlar orqali javob beraman.@s_berdiyev - davlat ishchisi bo‘ldi 🫡

MedTech loyihamiz kengaymoqda — 4 ta senior lavozim bo'yicha qabul ochiq.Sog'liqni saqlash sohasida yangi yo'nalishlarni noldan quradigan tajribali mutaxassislar qidiryapmiz.━━━━━━━━━━━━━━━🔹 Senior Business Process Excellence ManagerBiznes-jarayonlarni optimallashtirish, BPMN, Change Management→ 5+ yil BPM / biznes-tahlil tajribasi🔹 Senior Analytics, Monitoring & Data Governance LeadSQL, Power BI / Tableau, DWH, Data Governance→ 5+ yil data analytics / BI tajribasi🔹 Senior Operations Monitoring & Control ManagerOperatsion monitoring, PMO, jarayonlarni nazorat qilish→ 5+ yil operations / PMO tajribasi🔹 Senior Risk & Internal Control ManagerRisk xaritasi, COSO / ISO 31000, compliance→ 5+ yil risk management / ichki audit tajribasi━━━━━━━━━━━━━━━💼 Barcha lavozimlar uchun:— Maosh: 40 000 000 so'm va undan yuqori— Yo'nalishni noldan qurish va o'z jamoani shakllantirish imkoniyati— Big4, bank, sug'urta, telekom tajribasi — ustunlik— Rus va o'zbek tillarini erkin bilish— Toshkent | Ofis | 09:00–18:00📩 Murojaat:@sardor_berdiyev#MedTech #Vakansiya #Toshkent #SeniorManager #BPM #DataGovernance #RiskManagement #Operations #Senior

MedTech loyihamiz jamoasi kengaymoqda — 2 ta lavozim bo'yicha qabul ochiq.💻 Middle Fullstack DeveloperVue.js / React / Django | 13–15 mln so'm📌 Vazifalar:— Vue.js va React da interfeys ishlab chiqish— Django backend ni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish— REST API bilan ishlash— Yangi funksional modullarni loyihalash va joriy etish✅ Talablar:— 3+ yil tijorat dasturlash tajribasi— Vue.js va/yoki React bilimi— Python/Django tajribasi— Git va REST API bilan ishlash tajribasi— Ingliz tili — texnik hujjatlarni o'qish darajasida---🔍 QA Engineer (Manual)8–10 mln so'm📌 Vazifalar:— Funksional, regressiv va integratsion testlash— Test-keys va chek-listlar tayyorlash— Postman orqali REST API testlash— Bug-reportlarni rasmiylash va nazorat qilish✅ Talablar:— 2+ yil QA tajribasi— Postman bilan ishlash tajribasi— Bug-report to'g'ri rasmiylashtira olish— Ingliz tili — texnik hujjatlar darajasida— SQL bilimi — ustunlik---💼 Ikkalasiga ham taklif qilamiz:— Rasmiy ish joyi— Yiliga 2 marta maosh ko'rib chiqish— Bonus va mukofotlar— Toshkent | Ofis | 08:00–17:00📩 Murojaat:@sardor_berdiyev#Fullstack #VueJS #React #Django #QA #MedTech #Vakansiya #Toshkent #DeveloperVakansiya
Hammasi yaxshi. Kongoni yutsak hammasi joylashadi.Yigitlar krasavchiki. Kyurasavoga 5:0 yutkazsa siqilish kerak edi. Portugaliyaga yutkazish yomon emas. @s_berdiyev
Taaak, manimcha durang qilishga ulgurmaymiz@s_berdiyev
Bu partugallar hamma fichalarini qullash uchun biz bilan o‘yinni kutganmi, nima balo! @s_berdiyev
“Sprint” hali tugamadimi! Grooming qilib olish kerak…

Oxirgi kunlarda bir nechta IT-loyihalarni biznes-rejalarini ko‘rdim va qiziq bir narsani payqadim.Ko‘plab startaplar biznes-reja faqat investor, bank yoki grant uchungina kerak, deb hisoblaydi.Lekin amalda biznes-reja, birinchi navbatda, asoschining o‘ziga zarur bo‘ladi. Raqamlarni yig‘a boshlaganingizda esa, noqulay savollar tug‘iladi:- Aslida qancha pul kerak?- Loyiha qachon foydaga chiqadi?- Mahsulot uchun kim pul to‘laydi?- Loyiha xarajatlarini qoplashi uchun qancha mijoz kerak?Aynan shu bosqichda ko‘pchilik g‘oya va biznes o‘rtasida katta farq borligini tushunib yetadi.Yaxshi biznes-reja loyihaning zaif tomonlarini ularga vaqt, pul va asab sarflanmasidan oldin ko‘rishga yordam beradi.Shu sababli, ba’zan biznes-reja ustida bir necha kun ishlash bir necha yillik xatolardan asrab qolishi mumkin.@s_berdiyev - planshet taqdimot bilan band
IEM Cologne Major'da: TheMongolz va FalconsWorld Cup'da: O'zbekiston va Germaniya @s_berdiyev - hissiyotga boy oy bo'ladi! mazza!

Muvaffaqiyat – bu telefoningni bir kunga bemalol o‘chirib qo‘ya olishing va ishing joyingda hech narsa "yonib" ketmasligi bo'lsa kerak deb o'ylab qoldim...@s_berdiyev - davlat tashkilotida, yig'ilishda o'tiripti

🔝 Startap jamoangizni biz bilan yig’ing! Endilikda startapingiz uchun munosib jamoa a’zolarini @startupperuzbot orqali topishingiz mumkin.Bot sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:✅ Loyihangiz uchun kerakli kadrlarni qidirish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;✅ Vakansiyalar va hamkorlik takliflarini joylashtirish;✅ Startap ekotizimiga oid eksklyuziv materiallar va qo‘llanmalardan foydalanish;✅ O‘z faoliyatingiz va startapingiz haqidagi ma’lumotlarni tizimli yuritish.Fursatni boy bermang, botdan hoziroq foydalanib ko‘ring va jamoangizni shakllantirishni boshlang!👉 @startupperuzbot🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube