SUV | BRM

SUV | BRM

@suvbrm

Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi🏢Manzil: Shayxontohur tumani, Labzak ko'chasi 1📍faceboo:https:www.facebook.com/suvbarqarorrivojlan📍instagram: www.instagram.com/suv.brm/📍youtube: http://www.youtube.com/@suvbrmXatlar uchun: suvbrm@gmail.com

162подписчиков
🇬🇧

Похожие каналы

Все →

Последние посты

SUV | BRM — пост в ТГ канале

🇺🇿2-iyul - “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kun📝 Gerb - har bir davlatning ramzi, xalqning timsolidir. “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 10-sessiyasida qabul qilingan.🌊 Davlat gerbining fonida O‘zbekistonning betakror tabiati aks ettirilgan bo‘lib, uzoqdagi tog‘lar etagidan oqib o‘tuvchi Amudaryo va Sirdaryo, gullagan vodiy hamda zarrin nurlarini sochayotgan quyosh aks etgan. Bu manzara yurtimizning hayoti, farovonligi va tabiiy boyliklarini ifodalaydi.✨Gerbning yuqori qismida O‘zbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz, markazida esa baxt va erksevarlik ramzi bo‘lgan qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

2 июл. 2026 г.56В Telegram
SUV | BRM — пост в ТГ канале

BMT e’tirofi: O‘zbekiston suv stressini kamaytirish sur’atlari bo‘yicha dunyoda yetakchi mamlakatlardan biri 🌍 UN-Water tomonidan O‘zbekiston suv stressini sezilarli darajada kamaytirishga erishgan mamlakat sifatida e’tirof etildi. 📊 Asosiy natijalar:🔹 2017-yilda suv stress darajasi - 169%🔹 2022-yilda - 122% 📉 Ya’ni 47 foiz punktga kamaydi. Bu natija mamlakatimizda suv resurslarini samarali boshqarish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish va sohada amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi hisoblanadi. 📈 Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2026-yil yakuniga qadar suv stress ko‘rsatkichi 117% gacha pasayishi kutilmoqda. Bu esa 2017-yilga nisbatan 52 foiz punktlik ijobiy o‘zgarishni anglatadi. UN-Water taklifiga binoan O‘zbekiston delegatsiyasi joriy yil 5–11-iyul kunlari Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadigan BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha yuqori darajadagi siyosiy forumida ishtirok etadi. Unda mamlakatimizning erishgan yutuqlari, jumladan suv stressini kamaytirish sohasidagi natijalari xalqaro hamjamiyatga taqdim etiladi. Batafsil rasmiy saytimizda tanishing.Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

1 июл. 2026 г.106В Telegram

#No_Comment“O‘zbekistonda suv sohasidagi islohotlar: erishilgan natijalar, mavjud chaqiriqlar va kelajak istiqbollari” mavzusida Ekspertlar kengashining I-yig‘ilishi2026-yil 30-iyun, Toshkent—Первое заседание Экспертного совета на тему «Реформы в водном секторе Узбекистана: достигнутые результаты, текущие вызовы и перспективы на будущее»30 июня 2026 года, Ташкент—The First Meeting of the Expert Council on “Water Sector Reforms in Uzbekistan: Achieved Results, Current Challenges and Future Prospects”June 30, 2026, TashkentTelegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

1 июл. 2026 г.2 280В Telegram
SUV | BRM — пост в ТГ канале

💧2026-yil 30-iyun kuni Toshkent shahrida Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi tomonidan “O‘zbekistonda suv sohasidagi islohotlar: erishilgan natijalar, mavjud chaqiriqlar va kelajak istiqbollari” mavzusida Ekspertlar kengashining I-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.🗣Muhokamalar davomida O‘zbekistonda suv sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari, sohadagi mavjud vazifalar hamda istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan umumiy xulosaga kelindi.—💧30 июня 2026 года в городе Ташкенте Центром устойчивого развития в водной сфере было проведено I заседание Экспертного совета на тему «Реформы в водном секторе Узбекистана: достигнутые результаты, текущие вызовы и перспективы на будущее».🗣В ходе обсуждений был выработан общий подход к оценке результатов проводимых в Узбекистане реформ в водном секторе, существующих задач отрасли, а также приоритетных направлений ее дальнейшего развития.—💧On June 30, 2026, the First Meeting of the Expert Council on the theme "Water Sector Reforms in Uzbekistan: Achieved Results, Current Challenges, and Future Prospects" was held in Tashkent, organized by the Center for Sustainable Development in the Water Sector.🗣During the discussions, a common understanding was reached on the outcomes of the ongoing water sector reforms in Uzbekistan, the current challenges facing the sector, and its priority areas for future development.Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

30 июн. 2026 г.325В Telegram

Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi tomonidan “O‘zbekistonda suv sohasidagi islohotlar: erishilgan natijalar, mavjud chaqiriqlar va kelgusi istiqbollar” mavzusiga bag‘ishlangan Ekspertlar kengashining I-yig‘ilishi.Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

30 июн. 2026 г.304В Telegram

#Ekspertlar_kengashi✅ Ekspertlar kengashining I-yig‘ilishi boshlandi. Tadbir jonli efirga uzatilmoqda.https://www.youtube.com/live/s9-fcDcNKnE?si=YlBSPLgUtpLHns6b

30 июн. 2026 г.99В Telegram

Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi🗓 26-iyun kuni Suv xo‘jaligi vazirligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi. Unga Senat Raisi Tanzila Narbayeva rahbarlik qildi.📌 Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar 🔹Korrupsiyaning oldini olish🔹Davlat mablag‘laridan samarali foydalanish🔹Sohani to‘liq raqamlashtirish🔹Manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish🔹Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash⏱️Majlis yakunida Suv xo‘jaligi vazirligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 10 kun muddatda sohadagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etishga qaratilgan “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

26 июн. 2026 г.149В Telegram
SUV | BRM — пост в ТГ канале

📢EKSPERTLAR KENGASHINING I-YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TADI2026-yil 30-iyun kuni Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi tomonidan “O‘zbekistonda suv sohasidagi islohotlar: erishilgan natijalar, mavjud chaqiriqlar va kelgusi istiqbollar” mavzusiga bag‘ishlangan Ekspertlar kengashining I-yig‘ilishi o‘tkaziladi.Tadbirdan maqsad:• Suv sohasidagi islohotlarni har tomonlama tahlil qilish va mavjud chaqiriqlarni muhokama etish;• Ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;• Suv resurslarini boshqarish, suv xavfsizligini ta’minlash hamda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish;• Suv diplomatiyasi va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida ekspertlik ko‘magini kuchaytirish.🗓 Sana: 30-iyun 2026-yil🕙 Vaqt: 10:00📍 Manzil: InterContinental Tashkent mehmonxonasi, “Sirdaryo” zaliTelegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

26 июн. 2026 г.118В Telegram

#sayohatchi #tomchivoy🚨 To‘xta, do‘stim! Jo‘mrakni oxirigacha yopdingmi?Bir qarashda oddiy tuyulgan tomchilar aslida:🔹1 kunda – 15-20 litr🔹1 oyda – 450-600 litr (30 chelak) suvning isrof bo‘lishidir.🌳 Bu suv qancha daraxtni sug‘orishga, qancha insonga xizmat qilishi mumkin edi... ⚙️Yechim esa juda oddiy: jo‘mrakni oxirigacha yoping! Suvni asrang – chunki har bir tomchisi hayot! Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

25 июн. 2026 г.99 900В Telegram
SUV | BRM — пост в ТГ канале

Saida Mirziyoyeva Andijon viloyatida ishchi yig‘ilish o‘tkazdi24-iyun kuni Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva raisligida Andijon viloyati rahbariyati va tuman hokimlari ishtirokida ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.  Muloqot davomida aksariyat muammolarga respublika, viloyat, tuman va mahallalar miqyosida hamjihatlik bilan ish ko‘rilsagina yechim topilishi qayd etildi. Ta'kidlanganidek, bugun qarorlarni tezkorlik bilan qabul qilish, ularning ijro muddatlari va vazifalarini aniq belgilash talab etilmoqda. Yigʻilishda muhokama qilingan muhim masalalardan biri 1980-yillarda barpo etilgan magistral suv tarmog‘ini yangilash bo‘ldi. Aholi yashaydigan ko‘plab xonadonlar, mahalla va tashkilotlarning suv ta’minotiga bevosita daxldor bo‘lgan ushbu inshootni rekonstruksiya qilish jarayonini kechiktirib bo‘lmasligi aytildi.Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | XSaida Mirziyoyeva Andijon viloyatida ishchi yig‘ilish o‘tkazdi24-iyun kuni Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva raisligida Andijon viloyati rahbariyati va tuman hokimlari ishtirokida ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.  Muloqot davomida aksariyat muammolarga respublika, viloyat, tuman va mahallalar miqyosida hamjihatlik bilan ish ko‘rilsagina yechim topilishi qayd etildi. Ta'kidlanganidek, bugun qarorlarni tezkorlik bilan qabul qilish, ularning ijro muddatlari va vazifalarini aniq belgilash talab etilmoqda. Yigʻilishda muhokama qilingan muhim masalalardan biri 1980-yillarda barpo etilgan magistral suv tarmog‘ini yangilash bo‘ldi. Aholi yashaydigan ko‘plab xonadonlar, mahalla va tashkilotlarning suv ta’minotiga bevosita daxldor bo‘lgan ushbu inshootni rekonstruksiya qilish jarayonini kechiktirib bo‘lmasligi aytildi.Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

25 июн. 2026 г.114В Telegram