
💬 Eng namunali mahalla "yettilik"lari ishtirokida dolzarb masalalar muhokama qilindi🌍 Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev boshchiligida uyushma boshqarma boshliqlari, 14 ta hududdan mahalla "yettilik"lari hamda tizim mutasaddilari ishtirokida ochiq muloqot oʻtkazildi. Unda mahalla tizimini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan istiqboldagi rejalar va takliflar muhokama qilindi.👥 Xususan, mahallalarda tomorqachilikni rivojlantirish, faol mahalla homiylarini maxsus reyestrga kiritish va ularni davlat mukofotlariga tavsiya etish va ularni ragʻbatlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Shuningdek, "Raqamli mahalla" platformasida sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish, hokim yordamchilari faoliyatini platformaga integratsiya qilish hamda reyestrga kiritilmagan fuqarolarga imtiyozli kreditlar ajratish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.✅Muloqotda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, mahallalarni obodonlashtirish, chorvachilik va sutchilikni rivojlantirish, mahalla servis kompaniyalari faoliyatini kengaytirish hamda mahalla "yettilik"lari uchun maxsus telegram-bot yaratish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi. Uchrashuv yakunida ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish mahalla tizimi samaradorligini oshirish va aholining farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.Bizning sahifalarimiz:🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook




