School English Teachers

School English Teachers

@uz_teachers

Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal"HR Edu-Servis" MCHJGUVOHNOMA: №865873Fayllar bo'yicha: @uzteachers_adminOwner: @khasanboy_uzReklama xizmati: @uzteachers_ad

41 537подписчиков
Несколько раз в день🇬🇧

Похожие каналы

Все →

Последние посты

🇨🇳 Xitoydagi xususiy maktabda o'qituvchilar musodara qilingan yuzlab smartfonlarni bolg'a bilan urib sindirdiBu tadbir o'quvchilarga darsga telefon olib kirish taqiqini buzish qanday oqibatlarga olib kelishini ko'rsatish maqsadida o'tkazilgan.Yo'q qilingan telefonlar avvalroq taqiqni buzgan o'quvchilardan musodara qilingan bo'lib, bir necha yil davomida egalariga qaytarilmagan.📱 @Uz_Teachers 🇺🇿

30 июн. 2026 г.19 800В Telegram

⚡️Oʻquvchilarning taʼtil paytidagi xatti-harakatlari uchun ota-onalar javob beradiTaʼlim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va taʼtil paytidagi oʻquvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi. Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi. Demak bunday holatlarda nafaqat sinf rahbariga, balki direktor oʻrinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qoʻllanilmaydi.Shuni ham unutmaslik kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi «Oila kodeksi»ning 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga masʼul ekanligi bayon etilgan. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, maʼnaviy va axloqiy rivojlanishi uchun gʻamxoʻrlik qilishlari shart.📱 @Uz_Teachers 🇺🇿

29 июн. 2026 г.18 800В Telegram
School English Teachers — пост в ТГ канале

⚡️ Rasman: endi bog'cha tarbiyachilari endi ishlab turib oliy ma'lumot olishlari mumkin2026/2027-o'quv yilidan boshlab o'rta maxsus ma'lumotli bog'cha pedagoglari ish faoliyatini to'xtatmagan holda bakalavr darajasini olishlari mumkin bo'ladi.🔹O'qish dual ta'lim shaklida tashkil etiladi: haftada bir kun pedagogika oliy ta'lim tashkilotida, besh kun bog'chada — to'lov-shartnoma asosida.🔹Qabul uchun nomzod kamida uch yil davlat yoki nodavlat bog'chasida o'rta maxsus ma'lumotli pedagog sifatida faoliyat yuritgan bo'lishi shart.🔹Qabul test sinovlari asosida amalga oshiriladi (amaldagi bakalavriatga kirish tartibiga muvofiq).🔹 Qabul parametrlari hududlardagi ehtiyojdan kelib chiqib, Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.🔹Kadrlar tayyorlanadigan 15 ta pedagogika oliy ta'lim tashkiloti belgilangan (har viloyatda, Toshkent shahri va Qoraqalpog'istonda)▶️ Shunday tanishlaringiz bo‘lsa, yuborib qo‘ying!Manba📱 @Uz_Teachers 🇺🇿

29 июн. 2026 г.19 900В Telegram

Live stream finished (1 hour)

28 июн. 2026 г.В Telegram
School English Teachers — пост в ТГ канале

🎓 Aziz ustozlar, yangi guruhlarga qabul ochilganini tantanali ravishda e'lon qilamiz!Ingliz tili o'qituvchisi bo'lishni va oylik ish haqingizni oshirishni istaysizmi? Endi bu imkoniyat sizda. Bundan tashqari — dunyoning istalgan joyida dars berish eshigi ochiladi.Level 5 Diploma in TEFL kursi Ofqual, CCEA Regulation va Qualification Wales tomonidan akkreditatsiyadan o'tgan va nazorat qilinadi. Bu — Britaniya hukumati tomonidan tan olingan, xalqaro darajadagi qualification. 📘 Kurs haqida:Ofqual TEFL Diplomi: 382 akademik soat (202 nazariy + 180 amaliy)Davomiyligi: 2 oyMashg'ulotlar xalqaro o'qituvchi-trenerlar tomonidan olib boriladi. ✅ Talablar:Ingliz tili B2 darajasidagi sertifikatBakalavr diplomiPasport📅 Mashg'ulotlar boshlanishi: 01/07/2026Joylar soni cheklangan.Murojaat uchun telefon raqam: 📞 +998 77 792 00 75👤 @managertefl

28 июн. 2026 г.17 800В Telegram

Webinarni boshlaymiz! Tezroq qo'shilib oling!Hamksablarga ham yuborib qo'ying!https://t.me/uz_teachers?livestream

28 июн. 2026 г.16 600В Telegram

DIQQAT, WEBINAR! TEFL sertifikati bo'yicha qiziqish juda ko'p, savollar esa anchagina! Ularga javob berish uchun School English Teachers kanalida TESOL and TEFL Academy rahbari, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti o'qituvchisi, PhD Feruzjon Sharipov…TEFL o'qituvchilar uchun imkoniyatmi yoki yana bir bosh og'rig'i? Ushbu mavzuda bugun batafsil suhbatlashamiz! Soat 21:00 da webinarimiz boshlanadi! TEFL sertifikati bo'yicha eng dolzarb savollarga javob topasiz!Jonli muloqot @Uz_Teachers kanalida tashkil etiladi.📱 @Uz_Teachers 🇺🇿

28 июн. 2026 г.18 600В Telegram
School English Teachers — пост в ТГ канале

❓ Qaysi sertifikatlar magistratura uchun qabul qilinadi?Ta'lim vazirliklarining 08.10.2025 dagi 3515-1-sonli qarori ga muvofiq, quyidagi sertifikatlarning tegishli darajalari magistratura mutaxassisliklariga topshirishda qabul qilinadi.1️⃣ Milliy Sertifikat2️⃣ IELTS3️⃣ TOEFL iBT*4️⃣ iTEP Academic Plus5️⃣ Cambridge English Qualifications6️⃣ Aptis ESOL Advanced* qaror talablariga muvofiq TOEFL iBT sertifikati Home edition bo'lmasligi kerakAloqador maqolalar:👉 Qaysi sertifikatlar uchun ustama to'lanadi?👉 Attestatsiyaga qaysi sertifikatlar imtiyoz beradi? 👉 Qaysi sertifikatga necha yil ustama to'lanadi?📱 @Uz_Teachers 🇺🇿

28 июн. 2026 г.18 700В Telegram
School English Teachers — пост в ТГ канале

DIQQAT, WEBINAR!TEFL sertifikati bo'yicha qiziqish juda ko'p, savollar esa anchagina! Ularga javob berish uchun School English Teachers kanalida TESOL and TEFL Academy rahbari, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti o'qituvchisi, PhD Feruzjon Sharipov bilan jonli suhbat qilamiz!Ushbu sertifikat qanchalik asosli? O'zbekistonda tan olinadimi? Chet elga o'tadimi? Ustama va boshqa imtiyozlar uchun o'tadimi? Qanday afzalliklari bor?O'qish tartibi qanday? Shu kabi va o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassisning o'zidan javob olasiz!Boshlanish vaqti: 28-IYUN, 21:00!Webinar yozib olinmaydi! Shuning uchun vaqtida qatnashish tavsiya etiladi!📱 @Uz_Teachers 🇺🇿

27 июн. 2026 г.17 900В Telegram
School English Teachers — пост в ТГ канале

⚡️O'zbekistonda 16 yoshga to'lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash bo'yicha qonun loyihasi ishlab chiqilishi mumkin.Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zozxon Karimovaning aytishicha, bu masala yuzasidan deputatlar va senatorlar bilan muhokamalar o'tkazilgan, loyiha jamoatchilik muhokamasiga chiqarilishi rejalashtirilmoqda. 📱 @Uz_Teachers 🇺🇿

27 июн. 2026 г.19 600В Telegram
School English Teachers — пост в ТГ канале

Buxoroda "IELTS"dan 8 olganini nishonlayotgan qiz tok urib vafot etdi.Buxoro viloyatida IELTS imtihonidan 8 ball olganini qarindoshlari bilan nishonlab, tadbirdan so'ng idish-tovoqlarni yuvayotgan 15 yoshli qiz tok urishi oqibatida vafot etgan.Ma'lumotlarga ko'ra, voqea qarindoshlar yig'ilgan tadbirdan so'ng sodir bo'lgan. Qiz idish-tovoq yuvish paytida quvvatlagichga teggan va oqibatda uni tok urgan.Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.📱 @Uz_Teachers 🇺🇿

27 июн. 2026 г.22 300В Telegram
School English Teachers — пост в ТГ канале

⚡️Официально! В Ташкенте пройдёт последний вступительный экзамен перед стартом госэкзаменовЕсли хочешь досрочно стать студентом университета Profi University по направлениям:🇬🇧 Английская филология🧑‍💻 Информационные технологии (IT)то это твой последний шанс до начала госэкзаменов 📆 11 июля Места ограничены, участие по регистрации. 👉 Регистрируйся прямо сейчас: https://profiuniversity.uz?ref=ueng3

27 июн. 2026 г.17 100В Telegram
School English Teachers — пост в ТГ канале

❓ Ishga kirish va ishda qolishda qaysi sertifikatlar tan olinadi?Ta'lim vazirliklarining 03.06.2026 dagi 3515-2-sonli qaror bilan tan olinadigan sertifikatlar ro'yxatiga kiritilgan o'zgartirishlarga muvofiq, quyidagi sertifikatlarning B2 ga tenglashtirilgan darajalari ingliz tili o'qituvchilari uchun maktablarga ishga kirish va ishda qolish talabini bajarish uchun asos bo'ladi:1️⃣ Milliy Sertifikat - B22️⃣ IELTS - 5.5+3️⃣ TOEFL iBT - 4.0 - B2 (speaking kamida 3.5)4️⃣ iTEP Academic Plus - 3.5 - B25️⃣ Cambridge English Qualifications: B2 First6️⃣ Aptis ESOL for Teachers - B2Taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy roʻyxatidan oʻtgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida imtihonni topshirmasdan, masofadan olingan sertifikatlar (Remote, Home Edition va boshqa turdagi sertifikatlar) umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga kirishda va ishga qabul qilishda tan olinmaydi;👉 Ustama beradigan sertifikatlar👉 Magistratura uchun o'tadigan sertifikatlar👉 Sertifikatlarning haqiqiyligini tekshirish📱 @Uz_Teachers 🇺🇿

27 июн. 2026 г.18 900В Telegram

⚡️ Oliy toifali oʻqituvchilar uchun maqsadli magistratura joriy etildi!Hukumatning 322-sonli qarori (2026-yil 24-iyun) bilan maktablarda ishlayotgan oliy toifali oʻqituvchilar uchun pedagogika sohasida maqsadli magistratura tizimi yoʻlga qoʻyildi.Qarorning asosiy mazmuni va shartlari quyidagicha:📌 Taʼlim shakli qanday boʻladi?Oliy toifali oʻqituvchilar magistraturada ishdan ajralmagan holda, masofaviy (onlayn) taʼlim shaklida oʻqiydilar.🏢 Qaysi OTMda oʻqitiladi?2026/2027 oʻquv yilidan boshlab bunday oʻqitish tizimi Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida tashkil etiladi.⚠️ Ishlab berish majburiyati:Maqsadli magistraturani tugatgan oʻqituvchilar oʻqishdan soʻng 3-yil davomida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida (maktabda) ishlab berish majburiyatini oladi.🛑 Xotin-qizlar uchun kontrakt puli toʻlab berilmaydi:Ushbu qaror asosida maqsadli magistraturaga qabul qilingan oliy toifali oʻqituvchilarga (xotin-qizlarga) davlat byudjeti hisobidan toʻlov-kontrakt mablagʻlarini qoplab berish tartibi (447-sonli qaror) tatbiq etilmaydi.🎓 Qabul tartibi:Qabul parametrlari har yili ehtiyojdan kelib chiqib Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi va oʻqishga qabul qilish belgilangan umumiy tartibga muvofiq amalga oshiriladi.📱 @Uz_Teachers 🇺🇿

26 июн. 2026 г.23 300В Telegram