Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

@uzedu

Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/YouTube: youtube.com/@UzEdu1Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09✉️ info@uzedu.uzManzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

106 272подписчиков
Несколько раз в день🇬🇧

Похожие каналы

Все →

Последние посты

Prezident jurnalistlarga Milliy jamoamizning bugungi o‘yini haqida gapirdi: 🎤 Birinchi g‘alabamiz – bayrog‘imiz hilpiragani – bu Vatanimizning jahon hamjamiyati bilan teppa-tengligidan dalolat!❗️Eslatib o‘tamiz, Portugaliyaga qarshi o‘yin bugun soat 22:00 da boshlanadi.Bizni kuzating❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

23 июн. 2026 г.8 850В Telegram
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi — пост в ТГ канале

Bugungi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 1,5 milliondan ziyod talaba tahsil olmoqda. Quvonarlisi, ularning yarmidan ko‘pini qizlar tashkil etadi. Bu mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasidir.​Qiz farzandining ilm olishiga ishongan minglab oilalar... O‘zi qiziqqan kasbni tanlayotgan minglab qizlar... Ular o‘qimoqda, izlanmoqda, bu qizlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi hamda shijoati kun sayin ortib bormoqda. Bilimli qiz nafaqat o‘z hayotini, balki oilasini, atrofidagi muhitni va butun mamlakat kelajagini o‘zgartirishga qodir.​Ta’lim insonga hayot yo‘lini mustaqil tanlashda kuch va erkinlik baxsh etadi. Qizlarimizga orzulari sari dadil qadam tashlashlari uchun imkon beraylik.—Сегодня в вузах Узбекистана учатся более 1,5 миллиона студентов. И больше половины из них — девушки. Это результаты образовательной реформы, инициированной президентом нашей страны. Тысячи семей, верящих в образование своих дочерей. Тысячи девушек, выбирающих профессию по душе — они учатся, развиваются и с каждым днём обретают все большую уверенность и смелость. Образованная девушка меняет не только свою жизнь. Она меняет семью, среду вокруг себя и будущее страны.Образование даёт человеку возможность выбирать свой путь в жизни, свою свободу. Дайте девочкам шанс следовать за своей мечтой.

23 июн. 2026 г.5 000В Telegram
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi — пост в ТГ канале

Hurmatli davlat xizmatchilari!Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi barcha davlat xizmatchilarini "23-iyun — BMT Davlat xizmati kuni" bilan samimiy muborakbod etadi.Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, soha taraqqiyotini ta’minlash hamda samarali va ochiq boshqaruv tizimini shakllantirishda davlat xizmatchilarining munosib hissasi bor.Davlat xizmati nafaqat kasb, balki xalq ishonchini oqlash, jamiyat taraqqiyoti va mamlakat ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilishdek sharafli va mas’uliyatli burchdir.Barchangizni bayram bilan yana bir bor tabriklab, sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, mas’uliyatli faoliyatingizda yangi zafar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!Bizni kuzating❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

23 июн. 2026 г.10 000В Telegram

“Kelajak soati” loyihasida info-serial:“Men abituriyentman”➖ Gulruxsor bu yil abituriyent. U akasi bilan birgalikda yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari boʻylab sayohat qiladi.📍 Info-serialning birinchi qismida otaxon bilim yurtimiz – Oʻzbekiston Milliy universiteti bilan tanishamiz.Kelajak soatiBizni kuzating❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

23 июн. 2026 г.6 740В Telegram
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi — пост в ТГ канале

#Yoshlar_giyohvandlikka_qarshi🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Yoshlar narkotiklarga qarshi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan oylik doirasida qator tadbirlar tashkil etilmoqda.Xususan, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli sport, san’at va fan to‘garaklari, “Mening tanlovim – sog‘liq” mavzularida trening mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda. 🔰 Shuningdek, joriy yilning 26-iyun kuni 1 242 ta sog‘lomlashtirish maydonchasida “Men giyohvandlikga qarshiman!” mavzusida insho va rasm tanlovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.Bizni kuzating❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

23 июн. 2026 г.8 910В Telegram

#Muxlislar_maydoni✅ Toshkent shahar, Yashnobod tumanidagi "Humo" nomli 203-DMTT jamoasi Mundialda O‘zbekiston Milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlamoqda. Futbolchilarimizga maydonda jasorat va g‘alaba yor bo‘lsin!🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! Bizni kuzating❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

23 июн. 2026 г.7 870В Telegram

#YoungClimateChampions #EcoSchoolsUzbekistan #UzEdu #Zamin #UNICEF😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook

22 июн. 2026 г.9 130В Telegram

#Individual_xavfsizlik_xaritasi_konsepsiyasi✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yurtimizning qator hududlaridagi davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatiga doir nazorat va profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda.➖ “Individual xavfsizlik xaritasi” konsepsiyasi doirasidagi mazkur oʻrganishlar davomida tarbiyalanuvchilarning taʼlim tashkilotlariga xavfsiz kelib ketishi, taʼlim uchun qulay muhit yaratish, sogʻlom ovqatlantirish, sanitariya-gigiyena, yongʻin va texnik xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya etish masalalari masʼullar ishtirokida tizimli tahlil qilinmoqda.📍 Shuningdek, tarbiyalanuvchilarga nisbatan psixologik va jismoniy zoʻravonlik holatlarining roʻy berish omillarini barvaqt aniqlash va bartaraf etish, yozgi mavsum davomida bolalar hayoti xavfsizligi va salomatligini qatʼiy nazoratga olish boʻyicha muhim oʻrganishlar olib borilmoqda.👉 Ma’lumot uchun: bugungi kunga qadar mamlakatimizdagi 6 331 ta davlat xususiy sherikchilik hamda oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, shuningdek 1 121 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida shu kabi oʻrganish tadbirlari tashkil etildi. Oʻrganish jarayonlari hududlarda doimiy olib borilmoqda:➡️Qoraqalpog‘iston Respublikasi;➡️Andijon viloyati;➡️Jizzax viloyati;➡️Navoiy viloyati;➡️Xorazm viloyati; ➡️Sirdaryo viloyati;➡️Surxondaryo viloyati;➡️Qashqadaryo viloyati. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍Bizni kuzating❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

22 июн. 2026 г.14 400В Telegram

#Yangilik#Muxlislar_maydoni⚽️Qoraqalpog‘istonlik o‘quvchi O‘zbekiston – Portugaliya uchrashuvida to‘pni stadionga olib chiqadi🤗️"Kia" kompaniyasi tomonidan jahon chempionati doirasida o‘tkazilgan "Eng yaxshi videorolik" tanlovida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahridagi 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Jahangir Sadikov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.🏆Ushbu yutuq evaziga Jahangir 23 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston – Portugaliya o‘rtasidagi tarixiy uchrashuvda to‘pni stadionga olib chiqish sharafiga sazovor bo‘ldi.Qoraqalpog’iston Respublikasi MMTV Axborot xizmatiBizni kuzating❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

22 июн. 2026 г.13 500В Telegram

#Kelajak_markazlariRanglar bilan orzularni chizayotgan ustozBa'zi insonlar san'atni kasb sifatida tanlasa, boshqalar uni hayot mazmuniga aylantiradi. Viloyat “Kelajak markazi” tasviriy san'at to‘garagi rahbari Guloyim O‘ktamova ana shunday ijodkor pedagoglardan biri. U 6 yoshidan boshlab mo‘yqalam bilan do‘st tutingan bo‘lsa, bugun o‘zining bilim va tajribasini 50 nafardan ortiq o‘g‘il-qizga ulashib, yosh iste'dodlarning kamol topishiga munosib hissa qo‘shmoqda.Ustozning ijodiy ishlari xalqaro tanlov va festivallarda ham yuqori baholangan. Xususan, u Qozog‘istonda tashkil etilgan "Asl meros" hamda Qirg‘iz Respublikasida o‘tkazilgan moda haftaligidagi "Anor" kolleksiyalari bilan ishtirok etib, oliy o‘rinlarga sazovor bo‘lgan.Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmatiBizni kuzating❤ Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Lin

22 июн. 2026 г.9 920В Telegram

#Eko_tashabbus⏰ Oyiga 10 mln so‘mdan ortiq daromad olayotgan o‘quvchilar — Denov tajribasi ✅ Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagi 74-maktabda xalqaro “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida qator tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Maktabdagi issiqxonalarda bodring, turli ko‘katlar, qulupnay, gullar hamda boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilmoqda.Shuningdek, quyon, tovuq, g‘oz va o‘rdaklar parvarish qilinayotgan agro-ekologik maydon ham tashkil etilgan.➖ Buning natijasida maktab oyiga 10 million so‘mdan ortiq daromad olmoqda. 🔰 Mazkur mablag‘lar ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda yangi tashabbuslarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan.Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

16 июн. 2026 г.1 060В Telegram

#Muxlislar_maydoni✅ Toshkent viloyati, Chinoz tumani 42-maktab o‘quvchilari Jahon chempionatida ishtirok etayotgan yurtimiz futbolchilarini qo‘llab-quvvatlashmoqda! Olg‘a, O‘zbekiston!Toshkent viloyati MMTB Axborot xizmati Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

16 июн. 2026 г.4 270В Telegram
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi — пост в ТГ канале

#Qabul_2026 ✅ 2026-2027-o‘quv yilida 5 600 dan ortiq maktablarga 1-sinfga qabul jarayonlari ONLAYN tarzda tashkil etiladiJoriy yilda 135 ta tuman va shaharlardagi 5 690 ta maktabda onlayn qabul amalga oshiriladi. Bu barcha maktablarning qariyb 60 foizi demakdir. ⏰ Endilikda Toshkent shahri va Buxoro viloyatida 1-sinfga qabul 100 foiz onlayn shaklda bo‘lib o‘tadi. 👉 Mazkur maktablar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin. 🌐 Eslatib o‘tamiz: 2026-2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari joriy yilning 20-iyunidan boshlanadi.🌍🌍🌍🌍🌍🌍Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

16 июн. 2026 г.13 800В Telegram

#Yozgi_oromgohlarYoz — o‘tmoqda soz!➖ Nukus shahridagi "Turon" bolalar dam olish oromgohida bolalarning yozgi sog‘lomlashtirish va mazmunli dam olish mavsumi yuqori darajada tashkil etilmoqda🔰 Unda o'quvchilar uchun qulay sharoitlar yaratilgan bo‘lib, sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy tanlovlar va turli qiziqarli mashg‘ulotlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.Qoraqalpog'iston Respublikasi MMTV Axborot xizmati Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

16 июн. 2026 г.8 560В Telegram
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi — пост в ТГ канале

📰📰📰📰📰📰📰✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligida Germaniyaning Gyote instituti mas’ullari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🔰 Unda vazirning birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov, Institutning Toshkentdagi filiali direktori Barbara Anna Bernsmayer hamda mas‘ullar ishtirok etishdi. Muloqot avvalida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari, amalga oshirilayotgan ishlar va loyihalar haqida so‘z yuritildi. Shundan keyin, tomonlar o‘rtasida Hamkorlik Memorandumi imzolandi. ➖ Mazkur hujjatga ko‘ra, nemis tilini o‘rganishni ommalashtirish, nemis tili o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish, "Maktablar: kelajak hamkorlari" tashabbusi doirasida FIT-maktablari hamkorligi, nemis tili bo‘yicha IDO xalqaro olimpiadasida O‘zbekistonning ishtiroki kabi ko‘plab yo‘nalishlarida birgalikda ishlashni davom ettirishga kelishib olindi.🌍🌍🌍🌍🌍🌍Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

15 июн. 2026 г.11 400В Telegram
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi — пост в ТГ канале

📰📰📰📰📰📰📰✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E'zoza Karimova Koreya ta’lim markazi direktori Li Yong Ung bilan uchrashdi.Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, jumladan STEM, sun’iy intellekt laboratoriyalarini joriy etish, o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.🔰 Bundan tashqari, muloqotda umumta’lim maktablariga koreys tili mutaxassislarini jalb qilish, ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, innovatsion yondashuvlarni keng tatbiq etish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish haqida so‘z bordi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

15 июн. 2026 г.11 800В Telegram

Olg‘a, O‘zbekiston!✅ Andijon viloyati, Bobur shahridagi 1- maktabda tashkil etilgan sport toʻgaraklaridagi ustozlar va oʻquvchi-yoshlar futbol boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etayotgan yurtimiz futbolchilarini qoʻllab-quvvatlamoqda!➖ Bir jamoa, bir maqsad, bir g‘alaba!Andijon tumani MMTB Axborot xizmatiBizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

15 июн. 2026 г.11 500В Telegram

#Maktabgacha_taʼlimYoz — oʻtmoqda soz!✅ Buxoro viloyati, Vobkent tumanidagi 40-DMTTda tarbiyalanuvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida yozgi sogʻlomlashtirish mavsumi yuqori saviyada tashkil etilmoqda.Muassasada turli qiziqarli o‘yinlar, sport musobaqalari, ijodiy mashg‘ulotlar, sahna ko‘rinishlari hamda tabiat qo‘ynidagi kuzatuv va sayrlar muntazam tashkil etilmoqda. Buxoro viloyati MMTB Axborot xizmati Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

15 июн. 2026 г.14 800В Telegram

Prezident giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi murosasiz kurashish va jamiyatni ushbu tahdiddan himoya qilishga qaratilgan qonunni imzoladi.Giyohvandlik moddalari inson hayoti, oilalar va bolalar salomatligini barbod qiladi. Bu — mamlakat genofondi hamda uning kelajagiga berilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba.Yangi qonunda narkotiklarni tarqatishning zamonaviy usullarini jilovlash ko‘zda tutilgan, bunday jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirilgan va voyaga yetmaganlarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan.Ushbu masalani shaxsan o‘z nazoratimga oldim.Bu kurashda chetda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q. Zero, juda ko‘p narsa o‘zimizga — ota-onalarga, maktab va mahallaga hamda yon-atrofidagi hodisalarga befarq bo‘lmagan har bir insonga bog‘liq.—Президент подписал закон, направленный на бескомпромиссную борьбу с наркоторговлей и защиту общества от этой угрозы.Наркотики разрушают жизни, семьи и здоровье детей. Это прямой удар по генофонду страны и её будущему.Новый закон учитывает современные способы распространения наркотиков, усиливает ответственность за такие преступления, и особо направлен на защиту несовершеннолетних.Я взяла этот вопрос под личный контроль.В этой борьбе нельзя оставаться в стороне. Очень многое зависит и от нас самих: от родителей, школ, махаллей и каждого, кто видит, что происходит рядом.

15 июн. 2026 г.6 470В Telegram
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi — пост в ТГ канале

📰📰📰📰📰📰📰#Axborot_texnologiyalari ✈️Xakaton: g‘oliblar Germaniyaga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritishdi! ✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Germaniyaning Gyote instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “InfoCheck Central Asia“  xalqaro xakatonining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. ➖ Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o’rin sohiblari:🔹Ghulomaidarov Almatin — Dushanbe shahridagi 89-sonli maktab o‘quvchisi (Tojikiston Respublikasi);🔹Mamasoliyev Jahongir — Termiz shahridagi 3-maktab (Surxondaryo viloyati);🔹Xaydarov Javohir — G‘uzor tumani 1-maktab (Qashqadaryo viloyati).  ➖2-o’rin sohiblari: 🔹 Davlyatov Samir — Dushanbe shahridagi 89-sonli maktab (Tojikiston Respublikasi);🔹Hakimova Charos — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab (Toshkent shahri)🔹Melikov Husniddin — Shahrisabz shahri 13-maktab (Qashqadaryo viloyati).  ➖3-o’rin sohiblari: 🔹 Attokurova Altyna — O‘sh shahridagi 74-sonli maktab (Qirg‘iziston Respublikasi);🔹Qodiraliyev Abrorjon — Namangan shahridagi Prezident maktabi;🔹Yangibayev Xurshed — Payariq tumani 102-maktab (Samarqand viloyati). ⏰ Xakaton yakunida 1- va 2-oʻrin gʻoliblari Germaniyada boʻlib oʻtadigan nufuzli xalqaro festivaliga yoʻllanmani qo’lga kiritishdi. 3-o‘rin g‘oliblari esa qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlandi.Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

14 июн. 2026 г.18 700В Telegram