❗️Magistraturaga qabul boshlandi 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat OTTlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 1–30-iyul kunlari davom etadi. Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda til bilishning tegishli darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.📝 Onlayn ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar:▪️Bakalavr diplomi;▪️Chet tilini bilish sertifikati.📋 Magistraturaga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining mutaxassisliklar kesimida ro‘yxati.❌ Quyidagi talabgorlardan chet tilini bilish sertifikati talab etilmaydi: 1. Prezident va nomli davlat stipendiyalari sohiblari, davlat mukofoti sovrindorlari hamda respublika fan olimpiadalari g‘oliblari;2. Nogironlik ma’lumotnomasi mavjud (ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar);3. Bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tilda tamomlagan bitiruvchilar.📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Ta'lim nazorati
@uztdi
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)Savollar bo‘yicha: @UztdibotHamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Похожие каналы
Все →Последние посты

❗️Bugundan 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabuli boshlandiUmumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2026-yil 9-sinf bitiruvchilari 570 ta texnikumning birida kunduzgi yoki dual ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qish uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali 1-iyuldan 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.📝 Platformaga:➖ tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma(o‘quvchining 3x4 hajmidagi fotosurati bilan) yoki ID-karta ma’lumotlari;➖ Maktabning 9-sinfini tamomlaganlik to‘g‘risidagi elektron shahodatnoma ma’lumotlari kiritiladi.9-sinf bitiruvchilari uchun 570 ta texnikumga hujjat topshirish imkoniyati mavjud:▪️166 ta kasb-hunar yo‘nalishi;▪️Umumiy qabul kvotasi — 202 657 ta.Ma’lumot uchun, qabul parametrlarida 9-sinf bitiruvchilari uchun kvotalar to‘liq davlat granti asosida shakllantirilgan.Shuningdek, 14 ta Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida 27 ta kasb va mutaxassislik bo‘yicha qabul amalga oshiriladi:▪️Umumiy kvota — 1 760 ta▪️Shundan 1 640 tasi davlat granti.#Qabul2026 #Texnikum✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Prezidentimiz oliygoh bitiruvchisini ishga olgan tadbirkorga yosh mutaxassis uchun daromad va ijtimoiy soliq bir yil ichida 1 foiz etib belgilanishini e’lon qildi. Bu 200 mingga yaqin oliygoh bitiruvchisini ishga olgan tadbirkorlar uchun katta rag‘batga aylanadi. Hozirda ijtimoiy reyestrga kirmagan, lekin ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, harbiy xizmat, migratsiya va jazoni o‘tab qaytgan, jismoniy imkoniyati cheklangan yana 1 million yoshlarimiz bor. Ularga ozgina yordam berilsa, o‘z yo‘lini topa oladi. Bunday yoshlar bilan ishlash bo‘yicha “Kafolatlangan birinchi qadam” paketi joriy etiladi. Bu jarayonda “ustoz-talaba” dasturi asosida uyushmagan yoshlarni o‘qitib, oliygohga kirishiga ko‘maklashgan talabalarga magistraturaga kirishda qo‘shimcha ball, davlat stipendiyalarini olishda ustuvorlik beriladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️Ertaga magistratura mutaxassisliklariga hujjatlar qabuli boshlanadiMagistratura mutaxassisliklariga qabul har yili 1-iyuldan 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi. Talabgorlar my.edu.uz platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, hujjat topshirishlari mumkin. 📌Amaldagi tartibga ko‘ra, magistratura bosqichiga hujjat topshirishda quyidagi hujjatlar talab etiladi:➖oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (diplom) yoki diplomdan ko‘chirma hamda uning ilovasi;➖xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikat. 🔹Magistratura qabulida xorijiy til sertifikati darajasi yo‘nalishga qarab B1, B2 yoki C1 etib belgilangan hamda ayrim toifadagi abituriyentlarga imtiyozlar qo‘llaniladi.🔹College Board tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan SAT xalqaro imtihonida eng yuqori ballning 75 foizi — 1200 ball va undan yuqori natija qayd etgan hamda tamomlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirayotgan talabgorlar qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.✅Shu bilan birga, ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘yicha I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar magistraturaga qabul qilinishda xorijiy til sertifikatini taqdim etishi shart emas.Batafsil ma'lumot bilan bu yerda tanishishingiz mumkin: https://talimxabarlari.uz/74270/✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
😀😀😀😀 VATAN UNIVERSITETIDA 2026/2027 O'QUV YILI UCHUN QABUL DAVOM ETMOQDA !✅ Bakalavriat yo'nalishlari:🟢Pedagogika🟢Psixologiya🟢Xorijiy til va adabiyoti🟢Iqtisodiyot🟢Moliya va moliyaviy texnologiyalar🟢Menejment🟢Logistika🟢Axborot xavfsizligi🟢Kompyuter injiniringi🟢Dasturiy injiniring🟢Infokommunikatsiya injiniringi🟢Sun’iy intellekt✅ Magistratura mutaxassisliklariga suhbat asosida qabul qilinadi:🟢Raqamli iqtisodiyot🟢Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti🟢Telekommunikatsiya injiniringiZero bugungi tanlovingiz ertangi karyerangizni belgilaydi.✅ Siz qaysi yo'nalishimizga imtihon topshirmoqchisiz?✍️ Hoziroq ariza topshirish 👈📄 Litsenziya 😀😀😀😀😀😀😀😀😀📌 Manzil🌐 Web-site | 🌐555068888 🌐Telegram | 🌐Instagram🌐Facebook | ▶️ Youtube
RASMIY MUNOSABATJoriy yilning 29-iyun kuni Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari jarayonida Qashqadaryo viloyatida 5-sinf uchun 1-variant imtihonlari test topshiriqlarining imtihon o‘tkazilayotgan hududidan olib chiqilgani hamda uchinchi shaxslarga tarqatilgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berildi. Hozirda holat vakolatli organlar tomonidan qonunchilikka muvofiq o‘rganilmoqda.Dastlabki o‘rganishlar ushbu holat belgilangan tartibni buzgan ayrim shaxslarning noqonuniy harakatlari natijasida yuzaga kelganini ko‘rsatmoqda.Bir kunda turli smenalarda imtihon topshirayotgan barcha talabgorlar uchun shaffof va adolatli baholash tamoyilini hamda validligini ta’minlash maqsadida test variantlarining tuzilishi, kognitiv darajasi spetsifikatsiyaga mos bo‘lishi xalqaro baholash amaliyotiga asoslangan jarayon hisoblanadi.Eslatib o‘tamiz, har bir smenada qollanilgan test topshiriqlari mazmunan mustaqil ishlab chiqiladi. Savollar hamda javob variantlari takrorlanmaydi va har bir variant alohida shakllantiriladi.Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringizni halollik, qonunlarga hurmat, teng raqobat va o‘z bilimiga ishonish ruhida tarbiyalashingizni so‘raymiz. Imtihon materiallarini noqonuniy olib chiqish, tarqatish yoki ulardan noqonuniy foydalanish amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. Ma'lumot uchun: kirish imtihonlari respublika bo'ylab bir vaqtda boshlanib, bir vaqtda yakunlanadi.🎓 Agentlik barcha kirish imtihonlarining ochiq, shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash hamda har bir talabgorning bilimini xolis baholash tamoyiliga qat’iy amal qiladi. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Akademik litsey va kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalari e’lon qilindi2026-yil 26-may kuni o‘tkazilgan attestatsiya natijalariga ko‘ra, jami 7833 nafar pedagog kadrning attestatsiya yakunlari tasdiqlandi.Natijalar quyidagicha taqsimlandi:➖ 4267 nafar pedagogga yangi malaka toifasi berildi;➖ 3215 nafar pedagog o‘z malaka toifasini saqlab qoldi;➖ 351 nafar pedagog attestatsiyadan o‘ta olmadi va lavozimiga muvofiq emas deb topildi.Test sinovlari natijalari pedagog.edu.uz sayti pedagog kadrlarning shaxsiy kabinetlarida e’lon qilindi.📋 Attestatsiya natijalari bo‘yicha pedagog kadrlar ro‘yxati (ilovalar kesimida):▪️Bosh o‘qituvchi lavozimi berilgan pedagog kadrlar ro‘yxati;▪️Yetakchi o‘qituvchi lavozimi berilgan pedagog kadrlar ro‘yxati;▪️Katta o‘qituvchi lavozimi berilgan pedagog kadrlar ro‘yxati;▪️Attestatsiyadan o‘tgan va mutaxassis o‘qituvchi lavozimi saqlangan pedagog kadrlar ro‘yxati;▪️Navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashgan va natijasi bo‘yicha salbiy xulosa qilinmagan pedagog kadrlar ro‘yxati;▪️Attestatsiyadan o‘tmagan va lavozimiga muvofiq emas deb topilgan pedagog kadrlar ro‘yxati.Shuningdek, malaka toifasi berilgan pedagoglarning elektron sertifikatlarini rasmiylashtirish hamda yangi toifalarga asosan oylik ish haqlarini qayta hisob-kitob qilish jarayonlari belgilangan tartibda amalga oshiriladi.📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Jamoat xavfsizligi universitetida qabul kvotasi oshiriladi hamda yangi yo‘nalish tashkil etiladiBugun, 29-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev profilaktika inspektorlari va jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini takomillashtirish, sohada kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Unda jamoat xavfsizligi tizimi uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlash maqsadida Jamoat xavfsizligi universitetini transformatsiya qilish taklif etildi. Xususan, universitetning kunduzgi ta’lim kvotasini 600 nafargacha, masofaviy ta’lim kvotasini esa 300 nafargacha oshirish rejalashtirilmoqda. ‘Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati’’ yo‘nalishi va alohida kafedra tashkil etilishi, xotin-qizlar, yoshlar, voyaga yetmaganlar hamda bozor va savdo majmualari bo‘yicha profilaktika inspektorlarini tayyorlash yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.Batafsil: https://talimxabarlari.uz/74234/✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

#Eslatma #Qabul_2026 Xabar berganimizdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2026–2027-o‘quv yilida 1-sinfga qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish maqsadida Respublikamizning barcha hududlari bo’ylab shtablar faoliyati tashkil etilgan. Fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish hamda qabul jarayonlari bo‘yicha savollariga tezkor javob berish maqsadida Call-markaz raqamlari bilan quyida tanishishingiz mumkin:📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi 📍 Andijon viloyati 📍 Buxoro viloyati📍 Farg‘ona viloyati 📍 Jizzax viloyati 📍 Namangan viloyati 📍 Navoiy viloyati 📍 Qashqadaryo viloyati 📍 Samarqand viloyati 📍 Sirdaryo viloyati📍 Surxondaryo viloyati 📍 Toshkent shahri📍 Toshkent viloyati 📍 Xorazm viloyati 👉 Eslatib o‘tamiz, shtab onlayn va offlayn tarzda tashkil etiladigan qabul jarayonlarini muvofiqlashtirib, haftaning dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 09:00 dan 17:00 gacha faoliyat yuritadi.📞 Agar sizda elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, call-markazning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari yoki telegramdagi @mymaktabuz_bot boti orqali javob olishingiz mumkin.✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🎓Ertaga ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-sinfi uchun 2 smenada kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadiIxtisoslashtirilgan maktablarning 5-sinfiga jami 109 560 nafar talabgor o‘quvchi hujjat topshirgan.📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona viloyatida 5-sinf uchun hujjat topshirgan talabgor o‘quvchilar soni imtihon o‘tkaziladigan binolarning umumiy sig‘imidan oshib ketganligi sababli:🖱️ Beruniy, To‘rtko‘l va Ellikqal’a tumanlaridan hujjat topshirgan talabgorlar Urganch shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida;🖱️ Quva tumanidan hujjat topshirgan talabgorlar Andijon shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida kirish imtihonlarini topshiradilar.✅Maʼlumot uchun, mazkur talabgor o‘quvchilar hujjat topshirgan boshqa (Prezident, Jasorat, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar) maktablarning imtihonlarini o‘z hududidagi belgilangan binolarda topshiradilar.✅Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.🟢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun @sinovtestuz_bot da maxsus bepul diagnostik testlar ishga tushirildi.✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
O‘zbekistonda ham 16 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlash reja qilinmoqdaO‘zbekistonda 16 yoshga to‘lmagan bolalarning tarmoqlardan foydalanishini cheklash reja qilinyapti. Maktab ta’limi vaziri E’zozxon Karimovaning Gazeta.uzga aytishicha, ushbu masala bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda. “Bu tartib bizda ham bo‘lishi kerak”, — deydi u.“Biz ham hozir ushbu masalani o‘ylayapmiz. Bu bo‘yicha deputatlarimiz va senatorlarimiz bilan ham gaplashdik. Qonun loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘ymoqchimiz. Bu tartib bizda ham bo‘lishi kerak, deb o‘ylayman”, — deydi vazir.✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🌎2026-yildagi eng muhim qaroringizni bugun qabul qiling!🎓 Osiyo Xalqaro Universitetining Buxoro va Xorazm filiallarida 2026/2027 o‘quv yili uchun qabul boshlandi!Zamonaviy kasblar, sifatli ta’lim va katta imkoniyatlar sari yo‘l aynan shu yerdan boshlanadi.👉 35ta Bakalavriat yo'nalishlari👉 14ta Magistratura yo’nalishlari📌Shuningdek, sizni 320ta grant, har oy rektor stipendiyasi, chet elda amaliyot o‘tash imkoniyati va AQSH bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlari kutmoqda.Orzuingizdagi kasb sari birinchi qadamingizni qo‘ying!🌐 Ro‘yxatdan o‘tish: qabul.oxu.uz☎️ Qo'shimcha ma'lumotlar uchun biz bilan bog'laning:Buxoro filiali: +998553050009Xorazm filiali: +998553100009📥Bugunoq ariza yuboring.📣 Yangiliklar va qabul jarayonidan xabardor bo'lib boring — kanalimizga a'zo bo'ling:👉 @oxu_qabul_uzTanlovni kechiktirmang.Eng yaxshi qaror — o‘z vaqtida qabul qilinganidir.

⚡️ Yoshlar diqqatiga!Siz o‘zbek adabiyotini qanchalik yaxshi bilasiz? Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Oybek va boshqa buyuk adiblarimiz ijodi haqida fikringiz biz uchun muhim!Sizni “Bolalar va yoshlarning o‘zbek shoir va yozuvchilari ijodi hamda adabiy merosidan xabardorlik darajasi” mavzusidagi qisqa so‘rovnomada ishtirok etishga taklif qilamiz.🔹 So‘rovnoma orqali: ➖ Yoshlarning o‘zbek adabiyotiga qiziqish darajasi o‘rganiladi; ➖ Adiblarimiz ijodi bo‘yicha bilim va xabardorlik tahlil qilinadi; ➖ O‘zbek adabiyotini targ‘ib qilish bo‘yicha yangi takliflar shakllantiriladi.To‘ldirish uchun atigi 5–7 daqiqa vaqt ketadi. Barcha javoblar anonim va faqat ilmiy-tahliliy maqsadlarda foydalaniladi.Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga o‘z hissangizni qo‘shing!👉 So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola: 🔗 https://raqamlitalim.trm.uz/survey🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)🔹 YouTube 🔹 Trm.uz

#savol_javobMaktablarda faoliyat yuritayotgan oliy toifali oʻqituvchilar uchun pedagogika sohasida maqsadli magistratura tizimi yoʻlga qoʻyilgani haqida xabar berganimizdan soʻng, koʻpchilik ustozlar @uztdibot botimizga ushbu yangilik boʻyicha savollar bilan murojaat qilishdi.Jumladan, “Qarorda xalqaro standartlar asosida olingan malaka sertifikati deganda kimlar nazarda tutilmoqda?” degan savol koʻp berilmoqda.Taʼkidlash joizki, oliy toifali oʻqituvchilar uchun pedagogika sohasida maqsadli magistraturaga 2025-yildan keyin oliy toifa sertifikatini olgan pedagoglar hujjat topshirishi mumkin. Chunki aynan shu davrdan boshlab 70 foizli ustama to’lanadigan, xalqaro standartlar asosida malaka sertifikati berish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan.❓ Savol: Chet tili sertifikati majburiymi?💡 Javob: Ha, chet tili sertifikati majburiy hisoblanadi. Yangi qarorda oliy toifali pedagoglarni chet tili sertifikatidan ozod qilish boʻyicha hech qanday istisno nazarda tutilmagan.📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Odil sudlov akademiyasi magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi belgilandi📁Hukumat qarori (327-son, 25.06.2026-y.) bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.Nizomga koʻra, magistraturaga qabul jarayoni taʼlimning kunduzgi va kechki taʼlim shakllari uchun amalga oshiriladi.📌Magistraturada oʻqish muddati – kunduzgi va kechki taʼlim shakllari uchun 1 yilni tashkil etadi.Magistratura mutaxassisligining kechki taʼlim shaklida 1 haftada odatda, 5 kun oʻqitiladi va haftalik oʻquv soati hajmi 20 akademik soat qilib belgilanadi.📜 Magistraturaga yurisprudensiya bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va magistraturaga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati boʻyicha bakalavr darajasiga ega boʻlgan shaxslar oʻrtasida tanlov asosida qabul qilinadi.Tanlov, qoida tariqasida, avgust oyida oʻtkaziladi.✅Tashqi abiturentlar uchun magistraturaga qabul Hukumatning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim tashkilotlarining magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida Akademiya qabul komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.📝 Ichki abituriyentlar uchun qabul mutaxassislik fanlari, shuningdek, xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi sertifikat boʻlmaganda, chet tilidan test shaklidagi tanlov orqali amalga oshiriladi.🔹Magistratura bitiruvchilariga magistratura mutaxassisligi boʻyicha davlat namunasidagi diplom beriladi.✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali