📱 ChatGPT’da endi o‘quv rejimi paydo bo‘ldi — sun’iy intellekt endi tayyor javob berish o‘rniga savol mavzusi bo‘yicha to‘liq dars o‘tadi.AI (sun’iy intellekt) xuddi ustozdek sizni to‘g‘ri yechimga yo‘naltiradi. O‘rganish sohalari esa turlicha — dasturlashdan tortib tilshunoslikkacha.ChatGPT Premium versiyasini olib berish uchun @webadmin24 ga yozing.ChatGPT Plus shared account - 85 ming so'm/oyiga🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
School English Teachers
@uzteachers
Ingliz tili o'qituvchilari va o'rganuvchilar uchun maxsus kanal"HR Edu-Servis" MCHJGUVOHNOMA: №865873Fayllar bo'yicha: @hasanboyrasulReklama xizmati: @hasanboyrasul
Похожие каналы
Все →Последние посты
❗️O'quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko'chirish 1 avgustdan boshlanadi1 iyuldan 31 iyulgacha vaqtincha to'xtatilgan o'quvchilarni maktabdan maktabga ko'chirish xizmati 2025 yil 1 avgustdan qayta tiklanadi.Xizmat erp.maktab.uz elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

❗️ TOIFA UP kursimizga bugun chegirmamizning so'nggi kuni! 🔥 TOIFA UP! - Biz keyingi guruhni shakllantiryapmiz!Toifa va vazir ustamalariga tayyorlanayotganlar uchun tajribali pedagog, oliy toifali ustoz, PhD 2-kurs doktorantura talabasi 👩🏻🏫 Zulhumor Samatovadan talablarga binoan yoz oylari uchun maxsus kurs!Nima uchun biz bilan natijaga erishish osonroq?✅ Shu kungacha 1️⃣0️⃣ 0️⃣0️⃣0️⃣dan ortiq ustozlarga bilim ulashib, attestatsiya imtihonlarida natijalarga erishishlariga yordam berib keldik✅ Aynan shu sohada 7️⃣ yillik tajriba, va juda ham ko'p shogirdlar✅ Har hafta attestatsiya imtihoni bilan birga-bir ishlangan (xattoki mukammalroq bo'lgan) TEST PLATFORMAda MOCK Imtihon topshirish imkoniyati ✅ Aynan spesifikatsiyadagi manbalardan tuzilgan darslar✅ Narxlarimiz ancha arzon, lekin darslarimiz ancha sifatli ✅ Darslarni o'z ishining mutaxassisi, oliy toifali ustoz, C1 sertifikati sohibasi, magistraturani tamomlagan va 👩🎓 PhD talabasi olib boradi Toifa UP kursimiz 📆 4-AVGUST, DUSHANBA kunidan start oladi. Davomiyligi: 3 oyKursimiz INGLIZ TILI FANIDANGRAMMATIKA, READING, VOCABULARY, MORFOLOGIYA, PRAGMATIKA, FONETIKAmavzularini qamrab oladi.Pedagogika qismi bo'yicha ham test va manbalar beriladi! ☝️ Darslar yopiq telegram kanal va discussion groupda olib boriladi.Aynan bir vaqtda onlayn bo'lish talab etilmaydi. Kunning ma'lum bir qismida darslar va vazifalar kanalga joylanadi, siz o'zingizga qulay vaqtda kirib o'zlashtirsangiz bo'ladi.👉 DEMO DARSIMIZ Bizda natijalar so'zlaydi! Natijalarimiz 👉 BU YERDA 👈💵 Kurs narxi: 390 ming so'm (bir martalik to'lov) 30-IYUL soat 23:59 gacha murojaat qilib to'lov qilganlar uchun 1️⃣2️⃣🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 taqdim etiladi.Kursga yozilish uchun ➡️ @for_admission ga yozing. Qabul so'nggi kuni 3-AVGUST, 23:59!📚 @AttestatsiyaINFO - TOIFA sari qisqa yo'l!
❗️ Bugun Magistraturaga hujjat topshirishning so'nggi kuni!Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda.2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin. 👉 Ingliz tili turdosh yo'nalishlar👉 Tan olinadigan sertifikatlar ro'yxati va yo'nalish bo'yicha daraja talablari Ariza topshirib berish xizmati uchun @forcefr2 ga yozing.🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

⚡️ Attestatsiyaga ariza topshirish boshlanishiga 3 kun qoldi!2025-yil 1-avgust kuni — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlanadi.Murojaatlar 2025-yil 1-oktabr (shu kuni ham)ga qadar:➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining pedagog.uzedu.uz platformasi;➖ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;➖ Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.Eslatib oʻtamiz: joriy yil avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari ayni vaqtda Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun hamda "Yil oʻqituvchisi" tanlovining birinchi bosqich saralash sinovi ham hisoblanadi.📚 @AttestatsiyaINFO - Attestatsiya yangiliklari kanali!

Guruhlarda shu xabarni qayta-qayta tashlashyapti. Kayfiyatingizni tushirmoqchi emasman lekin ozroq tushuncha berib qo'ymoqchiman.Masalan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida O'zbekiston Prezidenti bo'ladigan nomzod uchun talablar belgilangan.Masalan u yerda aytiladi 35 yoshdan oshgan bo'lishi, O'zbekiston fuqarosi bo'lishi, oxirgi 10 yil davomida O'zbekiston hududida muqim yashagan bo'lishi kerak deb belgilab qo'yilgan. To'g'rimi?Ya'ni u yerda 35 yoshdan oshgan bo'lsin, 32-34 yosh bo'lsa olinmaydi.O'zbekiston fuqarosi bo'lishi kerak, falon davlat fuqarosi bo'lmasligi kerak.O'zbekiston huqudida 10 yil yashagan bo'lishi kerak. 5-7 yil yashagan bo'lsa ham to'g'ri kelmaydi deb qo'shimcha izoh berib ketilmagan. Pedagoglar uchun belgilangan talabda ham 2025-2026 o'quv yilidan xorijiy til o'qituvchilarida B2 sertifikat bo'lishi talab etiladi deyilgan. Ya'ni aynan bo'shatilsin degan jumla berib ketilmagan bo'lsa ham bu pedagoglarga qo'yilgan talab hisoblanadi. Qonunchilikda izohlab yoki qo'shimcha tushuntirish berib ketilmasligi mumkin. Lekin bu talabni chetlab o'tish mumkin degani emas. Ushbu talabga javob bermasa, Mehnat kodeksining tegishli moddasiga ko'ra xodimning malakasi yetarli emasligi asosi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin.Bu gap ba'zilaringizga yoqmasligi mumkin. Lekin shirin yolg'ondan achchiq haqiqat yaxshi.Bu bo'yicha biror yangilik chiqsa o'zi rasmiy kanallarda e'lon qilinadi. Har xil kanallardan, har xil ma'lumotlarni ovolib, o'zingiz chalkashib yurmang. Shunchaki rasmiy yangiliklarni kuting!🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ Magistratura qabuli 30-iyulga qadar davom etadiRespublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda.2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin. 👉 Ingliz tili turdosh yo'nalishlar👉 Tan olinadigan sertifikatlar ro'yxati va yo'nalish bo'yicha daraja talablari Ariza topshirib berish xizmati uchun @forcefr2 ga yozing.🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Hamma ma'lumotlarni ham sun'iy intellektdan so'rayvermang!Hozirgi kunda bizga sir emaski, Sun'iy Intellekt hayotimizga jadallik bilan kirib kelmoqda. Juda ko'p sohalarda chinakam yordamchiga aylanib ulgurgan. Lekin oramizda bundan noto'g'ri foydalanib, SI bergan ma'lumotlarga so'zsiz ishonayotganlar ham yo'q emas!Shaxsan o'zimga ham ko'pchilik murojaat qilib biror qaror bo'yicha fikrimni so'raydi. Mendan ijobiy javob olmagan taqdirda, sun'iy intelektdan olgan javobini menga yuboradi va bekorga bunday demayotgandir, sizdan ko'ra ko'proq ma'lumotni bilsa kerak deb, nimalarnidir isbotlashga urinadi. Shu payt su'niy intellekt yo'q bilmayman deb javob bermasligini, qanaqa mavzu bo'lsa ham istagancha talqin qilib, og'ziga kelgan ma'lumotni berib yuboraverishini tushuntirishga harakat qilaman.Men SI dan foydalanmang demoqchi emasman. Undan to'g'ri foydalanish kerak. Masalan qarorlar, siyosiy jarayonlar, diniy masalalar bo'yicha SI dan ma'lumot olishni umuman tavsiya qilmayman. Oddiy inglizcha test tuzib ber desangiz ham, juda ko'p bir-biriga yaqin variant qilib test tuzib berish holatlari bo'ladi. Ya'ni javobda A ham tog'ri, B ham tog'ri bo'lib qolishi mumkin. Yoki javob tekshirtirganizda ham, eng muhim detallarni hisobga olmasligi mumkin. Biror javobni taqdim etgan bo'lsa, bu notog'riku desangiz, ha uzr adashibman deb yana boshqa javobni tanlab ketaveradi. Bu pullik versiyasida ham bepulida ham shunday. Xattoki oyiga 200$ turadigan versiyasida ham kuzatildi bunday holat.ChatGPT ni o'ziga ham yozib qo'ygan ChatGPT can make mistakes. Check important info before using it!Ya'ni ChatGPT xatolar qilishi mumkin, o'zingga muhim ma'lumotlarni yaxshilab tekshirib ol deyilgan.Xulosa o'rnida, Sun'iy Intellektdan manba olishda juda ham ehtiyot bo'ling. Har bir taqdim etgan ma'lumotiga so'zsiz ishonib qolmang. Muhim qarorlar va yangiliklarga ham SI ni manba qilib bermang.🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

❓ Ingliz tili darsliklari o'zgaradimi?Har yili yangi o'quv yili arafasida ko'pchilikda bu yil darslik almashmasmikan degan savol bo'ladi. Bunga sabab, oldingi tartibda har yili qaysidir sinflar darsligi almashib turishi oddiy holat edi. Lekin 2022-yilda Xalq ta'limi vazirligi USAID homiyligida Cambdridge nashriyotining Guess what va Prepare darsliklarini qo'lga kiritdi. Hamma sinf 1dan 11-gacha ushbu kitoblardan o'tiladigan bo'ldi. Hozirda qaysidir sinfni o'zini almashtirish, butun boshli o'quv dasturiga ta'sir qiladi. Darsliklarni butunlay almashtirishga esa hojat yo'q deb o'ylayman. Faqatgina tayanch o'quv rejada dars soatlar kamayib yoki ko'payib turishi mumkin lekin bu darslikka ta'sir qilmaydi.Yaqin yillar ichida ham darslikni yangilash reja qilinmayapti. Yoki bu bo'yicha hech qanday rasmiy xabar yo'q!🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Bir yil oldingi maqola. Qizig'i, o'sha Teshavoylar haliyam yig'lab yurishibdi ekan. - Nega ahir biz, nega bizni uyimiz buziladi, 4 yil davomida qurgan edik. nega boshqalarni uyi buzilmaydi? Buzilsa hammaniki teng buzilishi kerak edi. E'tibor bering, shunaqa…Shu mavzuga aralashmayman deyman. Neytral pozitsiyada yangilikni o'zini berishga harakat qilaman. Yo'q, bo'lmaydi! Baribir aralashmaganimga qo'yishmaydi. Mendan bir-ikki achchiq gap eshitib olmagunlaricha tinchimaydi ba'zilar.Bir-ikki shu talabdan norozi eng ashshadiylarini kuzatdim. Bir ikki kurslarimizga a'zo bo'lishgan ekan. Eng qizig'i 1-2 yil oldingi kurslarga ham a'zo bo'lgan. Kursga a'zo bo'lib qo'ysam bo'ldi deb o'ylashsa kerak. Shularni kuzatsam, kursda ham o'qish o'rniga telefon yutib oling, pul yutib oling, konkursga qatnashing degan xabarlarni tarqatib yuribdi.Kechirasizlaru, o'qish o'rniga kursga yozilib olib shunaqa xabarlar tarqatib yursangiz, bilim qayerdan keladi?Uzr dars qilolmadim vaqtim bo'lmadi ustoz deydida, o'zi 20ta kanalni kommentida sertifikat masalasida jang qilib yurgan bo'ladi.Siz yonini olib yozmagan har qanday izohizni o'ziga qarshi deb biladi. Menga do'st bo'lmagan har qanday inson dushmanim degan shior bilan ishlaydi.Men shundaylarga yillardan beri tushuntira olmay charchadim...Aslida menga qiziq emas bu mavzu, lekin hozir hamma kanallar shu haqida yozyapti. Kimgadir yangilik bo'lar deb birortasini maqolasini shundayligicha beraman. Chunki ichida yaxshi fikrlar bo'ladi.Aslida, bloger sifatida auditoriya qancha bilimsiz bo'lsa, qancha dangasa bo'lsa bundan men manfaat ko'raman. Chunki kurs qilinsa, pullik xizmat taklif qilinsa, bilimi bor odam, o'zi eplay oladigan odam murojaat qilmaydi. Lekin shunday bo'lsa ham, bilimlilar ko'paysin deyman. Xalqni farzandi yaxshiroq bilim olsin deyman. Repetitorga puli yetmasa ham, o'qib sertifikat olib, o'qishlarga kira olsin, kelajagini bepul ta'lim bilan ham qura olsin deyman.Meni pozitsiyam shu. Siznikidan farq qilsa, bu meni muammoyim emas.
Uysiz qolgan Boltavoy va Teshavoy Qadim zamonlarda Boltavoy va Teshavoy degan qo'shnilar bo'lgan ekan. Ular o'z uylariga ega bo'lib, hech nimadan tashvishi yo'q, baxtli yashashar ekan. Bir kuni dab-durustdan podshoh farmon beribdi. Bular yashaydigan hududga…Bir yil oldingi maqola. Qizig'i, o'sha Teshavoylar haliyam yig'lab yurishibdi ekan.- Nega ahir biz, nega bizni uyimiz buziladi, 4 yil davomida qurgan edik. nega boshqalarni uyi buzilmaydi?Buzilsa hammaniki teng buzilishi kerak edi.E'tibor bering, shunaqa deb diydiyo qilayotganlar boshqa kanal guruhlarga ham a'zo bo'lib olishgan. Qaysi birida sertifikat haqida gap ketsa darrov komment yozib, hamma bilan urishib chiqadi. Necha yillardan beri shunday.Xa vaqting shunchalar arzon ekan, ilmga sarflashni o'rniga 500ta kanalga a'zo bo'lib olib hammasida sertifikat masalasida post yozilsa birma bir urishib yurar ekansan, qanday qilib olasan o'sha oddiy B2 ni? Qaysi ilm bilan olasan o'sha sertifikatni?Deydigan odam yo'qda. Aslida bunday odamam bor. Lekin bunday Teashavoylarga o'z ustida ishlash o'rniga, gruppalarda boshqalar bilan urishib, hammani aybdor qilib, o'zidan jabrdiyda yasab, hammani rahmini keltirib o'tirish qiziqroq va muhimroq bo'lsa kerakda... 🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilariga ogohlantirish berish boshlandiMaktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu safar masalaga yanada qat’iy yondashmoqda. Hududiy boshqarmalar tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorlariga ham bu borada rasmiy ko‘rsatmalar berilib, xorijiy til o‘qituvchilari to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlarni taqdim etish hamda ularni ogohlantirish so‘ralmoqda.Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1266🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️ Magistratura kvotalari tasdiqlandi◾️ Magistratura uchun kunduzgi, kechki va masovafiy ta'lim shakli uchun kvotalar tasdiqlandi. 🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

Firibgarlar yana tuzoqqa tushishdi! 😁 Bugun yana telegram raqamimga firibgarlar yozishib, onlayn ish taklif qilishdi. Bir hafta ichida bo'layotgan bu ikkinchi holat. Oldingisida 29 ming to'lov qilishgan edi, bu safar 20 ming so'm tashlab berishdi. To'g'ri…Abet... Akarachka bilan o'rdak go'shti...Hali yarim soatdan keyin tayyor bo'ladi... 😁🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

#tktcourse Today JULY 25 New Intensive TKT Course with Barno Bakhodirovna💦TKT kurs 25-iyuldan boshlanadigan 35 kunlik kurs. Narxi 400 Ming so'm ✅❔-400 Ming so'm to'lov nimalarni o'z ichiga oladi?✍️TKTda barcha 1-2-3 modullar boyicha mavzular 100% jonli tarzda o'tib berilishi 3 ta modul test tahlili 3 modul bo'yicha to'liq 33 ta darsTKT imtihonlarga royxatdan o'tishda bonuslar🔜Dars qaysi payti bo'ladi?-Dushanba, Chorshanba,Juma, yakshanba soat 21:00 da✏️Darslar qay tarzda bo'ladi?100% Jonli tarzda✏️Namuna ➡️ Demo lesson✏️Natijalarimiz va kurs uchun feedbacks👩🏫Darsni Kim olib boradi? dars ➡️Sifatli va o'zining ajoyib teaching style va ingliz talaffuzi bilan darsda o'quvchini qiziqishini oshiruvchi ustoz C1 sohibasi TKT holder Barno Bakhodirovna tomonidan tashkil qilinadi @barnobakhodirovna🍏Kurs qabuli uchun @forcefr📝 Shoshiling.❗️ Darslarimiz 25-iyuldan boshlanadi-TKTda ayni vaqtda qaysi darajadasiz?Qiziq bo'lsa Mock yozuvi ustiga bosing Parol ga forcefr deb yozing ❤️❤️❤️ Shu yerda ✔️@tkt_info with IELTS vocabulary✈️ Edu-action TkT Registration Link on discount with @forcefr✈️ Innovative TKT Registration Link on discount with @forcefr