Доктор Аллерголог

Доктор Аллерголог

@allergiya

Аллергияни енгишда дори эмас, илм керак!🩺 Аллерголог | Клиник иммунолог👨‍⚕️ Болалар ва катталар шифокори🏁 Локация: t.me/allergolog_allergiya/15935Консультация бўйича: @allergologБеморлар фикри (отзывы):https://bit.ly/42mm5yl

2 580подписчиков
Еженедельно🇬🇧

Похожие каналы

Все →

Последние посты

❗️Leksiya mavzulari rejasi!Joriy haftadan telegramdagi yopiq Allergologlar klubimizda haftalik ma'ruzalarni boshlash arafasidamiz. 3 oylik kontent rejamiz bilan tanishing:1⃣Gipersezuvchanlik turlari — klinik interpretatsiya. EAACI yangi klassifikatsiyasidagi o'zgarishlar✔️ Sana: 25-aprel (Shanba)🕐 Soat: 21:002⃣Immunologik bomba:Dori allergiyasi, Stivens Jonson, Layella sindromi✔️ Sana: 2-may (Shanba)🕐 Soat: 21:003⃣Oziq-ovqat allergiyasi:Haqiqiy va soxta allergiya, DAO defisiti!✔️ Sana: 9-may (Shanba)🕐 Soat: 21:004⃣Molekulyar allergodiagnostikaQachon kerak? Qachon befoyda?✔️ Sana: 16-may (Shanba)🕐 Soat: 21:005⃣Bronxial astma: Eng oxirgi GINA strategiyasi✔️ Sana: 23-may (Shanba)🕐 Soat: 21:006⃣Atopik dermatit: EAACI, AAAAI, WAO strategiyalari✔️ Sana: 30-may (Shanba)🕐 Soat: 21:007⃣Surunkali qavarchiq allergiya emasmi?Dalillarga asoslangan davo strategiyasi✔️ Sana: 6-iyun (Shanba)🕐 Soat: 21:008⃣ASIT terapiya qanday bemorga kerak? To‘g‘ri seleksiya va xatolar✔️ Sana: 13-iyun (Shanba)🕐 Soat: 21:009⃣Allergik kasalliklarda biologik terapiya: Kimga, qachon, qancha muddat?✔️ Sana: 20-iyun (Shanba)🕐 Soat: 21:001⃣ Bolalarda bronxoobstruktiv sindrom:Astma xavfi va to'g'ri nazorat qilish✔️ Sana: 27-iyun (Shanba)🕐 Soat: 21:00 Allergolog shifokor bo'lsangiz, lekin klubimizga qo'shilmagan bo'lsangiz @allergolog profiliga yozishingiz mumkin.✅ @allergiya

20 апр. 2026 г.1 440В Telegram

Antibiotiklar davri tugayaptimi?Unitilgan qahramon yana qaytadimi?Kuni kecha "Namangan pediatrlari maktabi" a’zolari uchun navbatdagi mashg‘ulot tashkil etildi. Unda men "Pediatriyada bakteriofag terapiyasi" mavzusida ma'ruza qildim.📈 Mavzu shu darajada dolzarbki, antibiotikdan ko'ra bezarar, samaraliroq alternativ davo usuliga qaytadigan davrga keldik. Sodda qilib aytganda, bakteriofaglar bu - bakteriyalarning tabiatdagi dushmanlaridir. Ya'ni, dushmanimizning dushmani!Kunning 1-yarmida bemorlar qabulini amalga oshirib, 2-yarmida shifokor hamkasblarimiz bilan birgalikda bakteriofag terapiyasi bo'yicha judayam foydali bilimlarni bo'lishdik.Taklif uchun "Namangan pediatrlar maktabi" asoschisi, "Dr.Muyassar" klinikasi bosh pediatr shifokori Muyassar Nishonovaga alohida minnatdorchilik bildiraman.✅ @allergiya

15 апр. 2026 г.1 590В Telegram
Доктор Аллерголог — пост в ТГ канале

Quyoshga qaraganda aksirish — allergiyami?1️⃣ Bu aslida nima o'zi?👉 Photic sneeze reflex (ACHOO sindrom)Quyoshga qaraganda aksirish 18–35% odamlarda uchraydi. Kasallik emas, genetik refleks hisoblanadi.2️⃣ Allergiyadan farqi❌ Allergiya emas → nerv refleksi❌ IgE ishtirok etmaydi❌ Burun oqishi, qichishish odatda bo‘lmaydiGipotezaga ko'ra, bu holatda optik nerv va trigeminal nerv “aralashib ketadi”. Ko‘zdan yosh chiqib, burunni irritatsiya qiladi (ta'sirlaydi). Yorug‘lik o‘zgarishi nervni haddan tashqari qo‘zg‘atadi. Natijada miya “burunda irritatsiya bor” deb o‘ylab aksirishni ishga tushiradi.👉 Allergik rinitda esa:✔️ Burun oqadi✔️ Burun bitadi✔️ Ko‘z qichishadi✔️ Uzoq davom etadiAllergik rinit bilan allergolog shug'ullanadi.O'z vaqtida murojaat qiling!@allergiya

13 апр. 2026 г.2 170В Telegram

❗️12-апрел куни Наманган шаҳридаги «Dr. Muyassar» клиникасига борамиз! 🗓 12-апрел (Якшанба) куни аллергик касалликлари бўлган беморлар учун Наманган шахридаги “Dr. Muyassar” клиникасида Аллерголог ва клиник иммунолог Жасур Давлатов томонидан навбатдаги тиббий…⚡️12-апрелда Наманганга борамиз!Эслатиб ўтамиз, Якшанба, 12-апрелда Наманган шаҳридаги Dr.Muyassar клиникасида турли хил аллергик касалликлари бор беморлар учун қабул ташкил этамиз.❗️Қабулга келишни истаганлар олдиндан рўйхатдан ўтишлари лозим.🚩 Манзил: Наманган ш, Ғирвонсой 11-уй🏦 Мўлжал: “Анор Банк” рўпараси🗺 Локация: t.me/doktorMuyassar/134553Қабулга рўйхатдан ўтиш учун: ☎️ +998 954010606

10 апр. 2026 г.1 940В Telegram
Доктор Аллерголог — пост в ТГ канале

🦠 Immunitetga chap beradigan infeksiyalar: Mikoplazma va xlamidiya ✅ Ikkisi ham hujayra ichida yashovchi patogenlar hisoblanadi. Mycoplasma pneumoniae, Chlamydia pneumoniae quruq va haftalab davom etadigan yo'talning sababchisi.Boshqa bakteriyalardan nimasi bilan farq qiladi?Asosiy farqlar:1️⃣ Hujayra ichida yashaydiOddiy bakteriyalar (masalan, stafilokokk) — ko‘pincha hujayra tashqarisidaXlamidiya/mikoplazma — hujayra ichida “yashirinadi”2️⃣ Immun tizimdan yashirinadiAntitanachalar (IgG, IgM) hujayra ichiga kira olmaydi. Shuning uchun bu infeksiyalar “surunkali kechish”ga moyil3️⃣ Oddiy antibiotiklar hammasiga ishlamaydiBeta-laktamlar → deyarli samarasiz. Faqatgina hujayra ichkarisiga kira oladigan dorilar kerak (makrolid, tetratsiklin)Immunitet bu patogenlarni o'zining T-hujayralari (CD8) va IFN-γ orqali nazorat qila oladi, lekin ko‘pincha 100% yo‘q qilolmaydi. Infeksiya kista ko‘rinishida yashirinib organizmda saqlanishi va immunitet pasaysa — infeksiya yana faollashishi mumkin!@allergiya

5 апр. 2026 г.2 490В Telegram
Доктор Аллерголог — пост в ТГ канале

❗️12-апрел куни Наманган шаҳридаги «Dr. Muyassar» клиникасига борамиз!🗓 12-апрел (Якшанба) куни аллергик касалликлари бўлган беморлар учун Наманган шахридаги “Dr. Muyassar” клиникасида Аллерголог ва клиник иммунолог Жасур Давлатов томонидан навбатдаги тиббий консультация ўтказилади.Қуйидаги беморлар қабул қилинади:✅ Аллергик ринит;— Бурун битиши, оқиши, аксириш,✅ Аллергик конюктивит;— Кўз ёшланиши, қичиши, қизариши✅ Крапивница (Эшак еми);— Терида тошма тошиши, қичиши✅ Бронхиал астма;— Нафас қисиши, хуштаксимон хириллаш✅ Бронхиал обструктив синдром— Аллергия фонида тез-тез қайталанадиган обструктив бронхити бор болалар✅ Атопик дерматит (Диатез);— Болалар терисидаги муаммолар✅ Озиқ-овқат аллергияси;— Турли озиқ-овқатга боғлиқ тошмалар🗓 Сана: 12-апрел (якшанба)⏰ Вақт: 09:00 дан 17:00 гача👥 Ҳам болалар, ҳам катталарга!🚩 Манзил: Наманган ш, Ғирвонсой 11-уй🏦 Мўлжал: “Анор Банк” рўпараси🗺 Локация: t.me/doktorMuyassar/134553Қабулга рўйхатдан ўтиш учун: ☎️ +998 954010606

3 апр. 2026 г.4 310В Telegram
Доктор Аллерголог — пост в ТГ канале

👃BURUN POLIPI: ALLERGIYA VA QAYTALANISH — ALLERGOLOG FIKRI1️⃣ Polip allergiyaga bog‘liqmi?To‘liq allergiya emas, lekin ko‘pincha Th2 (allergik tip) yallig‘lanish bilan bog‘liq. U ko'p holatda astma, allergik rinit bilan birga keladi2️⃣ IgE roliPolip to‘qimasida lokal IgE ishlab chiqariladi. Qonda IgE normal bo‘lsa ham, to‘qimada yuqori bo‘lishi mumkin3️⃣ QaytalanishOperatsiyadan keyin yana o'sish ehtimoli 12–76%. Risk faktorlarga uzoq muddatli yallig‘lanish, eozinofiliya, IgE darajasi yuqoriligi va astma kiradi4️⃣ Nega yana o‘sadi?Operatsiya faqat polipni olib tashlaydi, lekin asosiy yallig‘lanish saqlanib qoladi. Asl sabab allergik yallig'lanish❗️Burnidan polip oldirganlar albatta allergolog shifokor nazoratida bo'lishlari kerak. Chunki polip o'sishini sekinlashtiradigan, hajmini kichraytiradigan zamonaviy usullar mavjud!Manba: www.ncbi.nlm.nih.gov/books/NBK560746/pmc.ncbi.nlm.nih.gov/articles/PMC7735718/pmc.ncbi.nlm.nih.gov/articles/PMC8420736/pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/39551440@allergiya

28 мар. 2026 г.1 880В Telegram

🧐 Umumiy IgE darajasi normal bemorga molekulyar allergodiagnostika qilish mumkinmi?✅ Umumiy IgE normal bo‘lsa ham, molekulyar allergodiagnostika orqali sababchi allergen(lar)ni aniqlash ko‘pincha mumkin.Keling, qisqa va aniq tushuntiraman:1️⃣ Nega umumiy IgE normal bo‘lishi mumkin?Umumiy IgE — bu hamma IgE lar yig‘indisi.Ba’zi holatlarda Allergiya faqat bitta yoki bir nechta aniq allergenga qarshi bo‘ladi. Shuning uchun umumiy IgE oshmaydi, lekin: 👉 spetsifik IgE mavjud bo‘ladi2️⃣ Molekulyar allergodiagnostika nima beradi?Bu usul allergiyani molekula (komponent) darajasida aniqlaydi. Oddiy testlardan farqli “chang allergiyasi bor” demaydi. Balki: qaysi oqsil (masalan, Der p 1, Bet v 1) sababchi ekanini ko‘rsatadi3️⃣ Qachon ayniqsa foydali?Umumiy IgE normal bo‘lgan allergik rinitda ayniqsa foydali, agar:Klinik simptomlar aniq allergiyaga o‘xshasa,Oddiy testlar manfiy chiqsaPolisensitizatsiya (ko‘p allergenlarga gumon) bo‘lsaASIT (allergen-spetsifik immunoterapiya) rejalanayotgan bo‘lsa4️⃣ Qanday natijalar chiqishi mumkin?Molekulyar test:✔️ Haqiqiy allergenni aniqlaydi✔️ Cross-reaktiv allergenlarni ajratadi✔️ “soxta” pozitivlarni kamaytiradiMasalan:Chang allergiyasida haqiqiy allergen: Der p 1Yoki faqat cross-reaksiya bo'lsa: tropomiozin5️⃣ Muhim nuqta Ba’zi bemorlarda: Lokal allergik rinit bo‘ladi. Bu holatda qon analizlari (hatto molekulyar ham) manfiy chiqishi mumkin. Bunaqa bemorlarda allergiya faqat burun shilliq qavatida lokal IgE ishlab chiqarilishi bilan bog‘liq.@allergiya

24 мар. 2026 г.2 250В Telegram

❌ Antibiotik terapiyani shifokor aytgan muddat bo'yicha oxirigacha oling! Tuzalib qolsangiz ham!Antibiotikni “o‘zimni yaxshi his qildim” deb o‘rtada to‘xtatish ko‘pincha organizm uchun foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltiradi.Nega?🦠 1️⃣ Infeksiya to‘liq yo‘qolmaydi– Antibiotik boshlanganda eng sezgir bakteriyalar tez o‘ladi– Lekin kuchliroq (chidamliroq) bakteriyalar tirik qoladi👉 Natija: kasallik yana qaytadi⚠️ 2️⃣ Antibiotikga chidamlilik rivojlanadi👉 Bu juda muhim muammo– Tirik qolgan bakteriyalar antibiotikka “moslashadi”– Keyingi safar shu dori umuman ishlamasligi mumkin👉 Bu holat antibiotic resistance deyiladi🔥 3️⃣ Asoratlar xavfi oshadiAyniqsa streptokokk infeksiyalarda:👉 Streptococcus pyogenes to‘liq yo‘qolmasa:– O'tkir revmatik isitma rivojlanishi mumkin– Post-streptococcal glomerulonephritis paydo bo‘lishi mumkin📌 Ya’ni: oddiy angina → yurak yoki buyrak kasalligiga o‘tishi mumkin⚖️ 4️⃣ Qachon to‘xtatish mumkin?– Faqat shifokor aytsa– Ba’zi yangi protokollarda kurs qisqartiriladi, lekin bu individual qaror❌ O‘zboshimchalik bilan to‘xtatish — zararliAntibiotik kursini to‘liq tugatish kerak. Aks holda infeksiya qaytadi, chidamli bo'lib qaytadi, og‘ir asoratlar beradigan bo'lib qaytadi!@allergiya

23 мар. 2026 г.2 170В Telegram

Shirinlikka allergiya bo'lishi mumkinmi?Ko‘pchilik ota-onalar shirinlikdan keyin bola “bo‘g‘ilib qolgandek” bo‘lsa, darrov allergiya deb o‘ylaydi. Lekin bu har doim ham allergiya emas — ko‘pincha boshqa sabablar bo‘ladi.Keling, aniq ajratib olaylik:1️⃣ Haqiqiy allergiyaShirinlik tarkibida (sut, tuxum, yong‘oq, kakao) allergen bo‘lishi mumkin. Shakar, ya'ni uglevod hechqachon allergiya chaqirmaydi.Belgilar:Lab, til, tomoq shishishiQichishish, toshma (urtikariya)Nafas qisishi (bronxospazm)👉 Bu holatda bo‘g‘ilish hissi immun tizim reaksiyasi bilan bog‘liq bo‘ladi va tez rivojlanadi.2️⃣ Eng ko‘p uchraydigan sabab — mexanik yoki reflektor holatlar🔸 Yopishqoq shirinliklarKaramel, iris, shokolad:Tomoqqa yopishib qoladiBola yo‘taladi, “bo‘g‘ilgandek” bo‘ladi. Bu allergiya emas, oddiy mexanik ta’sir.🔸 Reflektor yo‘tal / laringospazmShirinlik:Tomoq retseptorlarini qo‘zg‘atadiQisqa muddatli spazm beradi🔸 Refluks (GERD)Ba’zi bolalarda shirinlikdan keyin:Oshqozondagi kislota tomoqqa qaytadiTomoq achishadiYo‘tal / bo‘g‘ilish hissi paydo bo‘ladi.🔸 Aspiratsiya (eng xavflisi)Ayniqsa kichik bolalarda:Shirinlik bo‘lagi nafas yo‘liga tushadiTo‘satdan yo‘tal, ko‘karish.Shirinlikdan keyin “bo‘g‘ilish” holatlari ko‘p hollarda allergiya EMAS, ko‘pincha mexanik, reflektor yoki refluks sababli paydo bo'ladi.❗Ammo agar terida toshma, yuz/lab shishishi, nafas qisilishi bo‘lsa — bu haqiqiy allergiya va jiddiy qarash kerak, allergolog shifokor nazorati kerak bo'ladi!@allergiya

23 мар. 2026 г.1 980В Telegram